Kutubxonadan chiqdim-u, oyim "barvaqtroq qayt" deb tayinlaganiga qaramay, universitet yaqinidagi hiyobonga qarab yo'l oldim. Havoda bahorning ilk kunlarining tafti sezilib turar, zamindagi mehrdan, oqibatdan ko'ngli to'lib, parqu bolishlarga yonboshlab olgan quyosh oltin sochlaridan zaminga ayamay nur sochardi. Bahorning ilk tashrifi aslida bodom gullari yoki boychechaklarda emas, insonlarning kayfiyatida sezila boshlaydi. Ukpar kaftlarida bir olam shodlik, quvonch keltiradi bahor… Hiyobon ichi har doimgidek salqin, odamlar siyrak. Faqat u yer bu yerdagi o'rindi? lardagina hiyobonning doimiy "a'zolari"- sevishganlar bir- birlariga termulgancha o'tirishardi. Ko'pincha darsdan keyin shu yerga kelaman. Kimsasiz, salqingina bu joyda kitob o'qish biram maroqli… Lekin bugun salgina o'zgacharoq bo'ldi. Xullas hiyobonga kirib, har doimgi joyimga borib o'tirdim. Sumkamni kavlab endigina kitobimni olishga tutingan edim ham-ki, shundoqqina oyoqlarim ostida yotgan qandaydir daftarga ko'zim tushdi. Birovniki tushib qoldimikan deb yon- atrofga alangladim. Hech kim yo'q. Qiziq, qanday daftar bo'ldiykin? Engashib asta qo'limga oldim. Qizil muqovali, umumiy daftar. Astagina ichini ochib razm soldim. Bir tekis husnixat bilan yozilganidan daftar qiz bolaniki ekanligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Ko'zlarim bir- biridan ezgin satrlar bo'ylab yugurar ekan, bu daftar bugun kutubxonadan olgan kitobimdan ko'ra qiziqarliroq ekanligini his qildim. Satrlar mana bunday boshlangan edi. "29.01.2005 Bugun erta tongdanoq ko'kdan oppoq qor yoqib berdi. Yer-u ko'k bir zumda oq choyshab yopinib oldi. Tabiat ajoyibda… Zaminning ko'rimsiz, o'nqir-cho'nqir yerlarini ham, hushmanzara joylarini ham birday ko'radi. Birday oqlikka bo'yaydi. Faqt mening qalbim… Zulmat libosiga burkanganicha qolib ketaveradi… Kundalikjon, bugun sening bag'ringga ilk bor bosh qo'ydim. Ko'ksim to'la dard, kel, ularni senga to'kay, zora yengil tortsam. Men dunyoga nega keldim o'zi? Boshqalarday baxtli bo'lishga nahot noloyiq bo'lsam? Xozir necha yoshdaman? O'n sakkiz?! Eh… O'n sakkiz yosh… Umr bahori! Ayni o'ynab kuladigan, hayotning quvonchlaridan zavq oladigan yoshdaman. Lekin… Men bahorni his etmayapman! Bolaligim… Bechoragina bolaligim mening. Podsho bo'lolmadim bolalikda ham. Tengdoshlarga havas qilib ko'chaga chihar, birga o'ynagim kelardi-yu, ularga qo'shila olmasdim. Kim ham menday oqsoq qiz bilan dugona bo'lardi? Na yugura olmasam, na sakrog'ich sakray olmasam… Doimo yakkalanib, o'z- o'zimdan hafa bo'lib yurardim. "Nega meni bunday tuqqansiz?" deb har kun onajonimni qon qilganlarimchi? Meni bag'rilariga bosgancha unsizgina yiqlab qo'yaverardi onam sho'rlik. Yoshim ulg'aygan sari bog'chada ham, maktabda ham menga shu tahlit munosabat takrorlanaverdi. Goqida yolg'izlik shunday jonimdan o'tib ketardi-ki! Xusnim-ku yomon emasdi- ya… Yuqori sinflarga o'tganimda qomatim ham, xusnim ham kelishgangina bo'lib bordi. Biroq oqsoqligim sabab hech kim menga e'tibor qilmasdi. Shu qolimga ham boshqa qizlar singari pinhoniy orzularim bor edi meniyam! Bir kun kelib bir pahlavondek yigit meni sevib qolishini, oqsoqligimga ham qaramay bag'riga bosgancha meni uzoq-uzoqlarga olib ketishini istardim. Kulasizmi, kuyasizmi? Maktabni bitirgach tibbiyot kollejiga o'qishga kirdim. Maktabda zo'r berib o'qiganim foyda berdi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib oldim. Shukr, hozirgi dugonalarim juda yaxshi. O'zimni avvalgiday yakka moqov his etmayapman. Ular bilan suqbatlashib, dardlashib, birozgina bo'lsada o'zimni baxtlidek his etaman. Xa mayli, bugungisi yetar… Dars qilishim kerak. 01.02.2005 Bugun avtobusda bir yigit menga shunday tikilib qaradi… Bora-borgunimcha ko'zini uzmadi-ya… Bunchayam surbet bo'lmasa? Oqsoqligimni bilmaydi-da, bo'lmasa qararmidi… Darslarim juda ko'payib ketdi, kundalikka yozolmayapman. 03.02.2005 Ey Xudo! Men uni topdim! Shunchalik baxtlimanki, shu paytgacha hech o'zimni shunday baxtli his etmagandim. haligi "surbet"o'ziyam ikki kun meni tinmay ta'qib qildi. Bugun esa shartta yonimdagi bo'sh o'rindi?qa o'tirib oldi. O'tirib olgancha yuzimga tikilib qarayverdi. Toqatim-toq bo'lib - Tinchlikmi?!-deb so'radim qoshlarimni chimirib. Yigit shoshganidan tutilib qoldi. - Me… Men… Kechirasiz, bir odamga judayam o'xshar ekansiz. O'lay agar, ikki tomchi suvdek! Sizni birinchi bor ko'rganimdayoq sezdim buni! Shundan beri har kuni kuzataman… Yigitning birdan ko'zlari namlandi. Boshini egib oldi. qo'pol gapirganimdan juda xijolat bo'lib ketdim. qiziq kimga o'xshatdi ekan? Bekatimgacha qali ancha bor edi. Biroz ko'nglini ko'targim keldi - Kim ekan u, mening qiyofadoshim? -so'radim o'zimni quvnoq tutishga urinib. - U… Sevgan qizim edi… - Nima uchun "edi"? - U meni tashlab ketdi. - Boshqaga turmushga chiqdimi? - Koshkiydi… Boshqasiga turmushga chiqsayam roziydim. U… Bu dunyoni tashlab ketdi! Ko'nglim buzulib ketdi. Esiz, yarasini yangilab nima qilardim? - Kechiring… - Hech hisi yo'q, sizni ko'rib huddi Malikamni ko'rgandek bo'ldim. - Nima? Malika dedingizmi? Demak… Ismimiz ham bir qil ekanda! - Siz ham Malikamisiz? Buni qarang. Sizni menga Ollohimning o'zi yubordi. Malika! Bu ismni yana aytib chaqirayotganimdan shunday baxtlimanki! Sizdan bir narsa so'rasam maylimi? - Albatta! - Negadir bu qalati yigit menga yoqib qolgandi. - Keyingi bekatda bir hiyobon bor… Biz u bilan doim shu hiyobonda uchrashar edik. Agar yo'q demasangiz… - Mayli. Yigitning ko'zlari quvonchdan chaqnab ketdi. Biz keyingi bekatda tushib qoldik. Bilasizmi, u hatto mening oqsoq oyoqlarimga e'tibor ham bermadi! Shavkat! Shavkat ekan uning ismi! quvnoq, ko'rkam, kuchli!.. Nimalar deyapman o'zi? Menga nima bo'lyapti? Hiyobonda ikki soatlar aylandik. Keyin telefon nomerlarimizni almashdik. U albatta qo'ng'iroq qilishga va'da berdi. Men juda baxtliman! 04.02.2005 Uxlolmayapman… Nega qo'ng'iroq qilmadi? Balki… O'zi nega ajablanyapman? Tag'inam oqsoqligimni ko'rgan zaqoti burilib ketib yubormadi- ku? Yana qo'ng'iroq ham qilsinmi? Yeh… Men bo'lsam nimalarni orzu qilib yuribman. Uxlash kerak… 05.02.2005 Tong saharlab telefon jiringladi. O'zi kechasi uxlolmay chiqqanimdan boshim shunday og'riyaptiki! Shunday shirin uy?umni buzgan yaramasni qarg'ab- qarg'ab telefonni ko'tardim. - Allo! - Kechirasiz… Bu Malikalarning uyimi? - Yo'q qo'shnilarniki! -dedim jaql bilan. - Malika, bu sizmi? - Ha, o'ziman, kim bu kallai saharlab?! - Men… Men haligi… Shavkatman. Yuragim qaerdaydi? Tushib ketdi chog'i… Voy Xudoyim, yer yorilmasa kirib ketmasam. Men aqmoq nimalar dedim-a?! - Sizmidingiz… Assalomu aleykum! Uzr biroz… - Hech hisi yo'q. Ikki kundan beri sizni o'ylayman, Malika, tuni bilan uxlolmay chiqdim. Tongning otishi biram qiyin bo'ldiki, sizni bezovta qilib qo'yishni o'ylamay qo'ng'iroq qilib yuboribman. - Bezovta qilmadingiz! O'zim ham…-U yog'ini aytishga, "qo'ng'iroqingizni kutayotgandim" deyishga uyaldim. Lekin u huddi sezgandek - Rostdanmi?! -dedi. - Agar… Ilojingiz bo'lsa, bugun uchrashsak, o'sha, avvalgi joyda. - Albatta! -shunday dedimu duv qizarib ketdim. - Soat 3 da ilojingiz bormi? - Harakat qilaman. - Kutaman. Go'shakni qo'yishga qo'ydim- u, yuragim huddi qafasidan chiqib ketayotganday urayotganini his qildim. Nima kiysam ekan? 06.02.2005 Kechadan beri o'zimga kelolmayman. Ko'zimni yumganim zaqot, kechagi uchrashuv ko'z oldimga kelaveradi. O'z vaqtida, hatto salgina ilgariroq yetib bordim u yerga. Chinor daraxtining ostida, qo'llarida bir dasta oppoq atirgulllarni ushlagancha kutib turgan ekan. Meni ko'rib yosh boladay sevinib ketdi. - Kelmaysiz deb o'ylagandim. - dedi jilmayib - Nega endi? Do'st tutingan bo'lsak, bundan buyon tez-tez uchrashib turamiz! Shundaymi? - Albatta! -shunday dediyu, biroz o'ylanib qoldi. - qiziq, gapirishingiz,, quvnoq fe'lingiz, barisi mening Malikamga o'xshab ketarkan… - Rostmi? - Rost… Faqat taqdiringiz o'xshamasin iloqim. Uni chalqitish maqsadida - Yuring, aylanaylik! -dedim quvnoqlik bilan. - Xo'sh, Malikam, buyursinlar, qaerga boramiz! - Ochiq fazoga! - Amringizga muntazirman! U qo'llarini ko'ksiga qo'yib ta'zim qildi. Ikkalamiz ham kulib yubordik. Kun juda maroqli o'tdi. Hiyobon ham, undagi darxtlar ham juda go'zal edi. Kechgacha aylandik o'ziyam. Menga oilasi haqida so'zlab berdi. Aytishicha badavlat oilaning kenja farzandi ekan. Mendan ham oilam haqida so'radi. Mening oilam o'rtaxolgina edi. Otam qimorga berilgan, yutqazib qo'ysa uydagi qo'liga ilingan narsani olib chiqib sotib yuboradigan odam edi. Mushtipargina onam esa, boriga qanoat qilib yo'qni yo'ndirib yashab kelayotgan ayol… Men unga bular haqida aytmadim. Negadir… Nomus qildim. Tavba, u bilan atigi ikki marta uchrashgan bo'lsakda, huddi ming yillik qadrdonlarday tutardi o'zini… hayrlashayotib qo'llarimni bir zum tutib turdi. Men ham tortib olmadim. Bechora, uyalgandek qizarib ketdi. - Ko'rishamiz-a? -dedi yerga qarab. - Nasib etsa… qo'llarimni asta sug'urib olib, uyga qarab yugurib ketdim. Kaftlarim o't bo'lib yonardi go'yo… Onamga dugonamnikiga boraman degandim. qavotirlanib kutib turgan ekanlar. Chopib borib yuzlaridan o'pib qo'ydim. Onajonim doim mayus yuradigan qizlaridagi bu o'zgarishni ko'rib hayron edilar. Mening esa tinmay sakragim, baqirgim, raqsga tushgim kelardi. hatto… Oqsoqligim ham yodimdan ko'tarilibdi! 10.02.2005 Kundaligimga yozmaganimga ham to'rt kun bo'libdi. Nimaniyam yozay? har kunim shodlikka, baxtga to'la bo'lsa! Yana yonimda Shavkatday do'stim bo'lsa. Do'st… uni chindanam do'stdek ko'ramanmi? Balki… 15.02.2005 Bugun Shavkat bir joyga taklif qildi. Yaqin do'stining tug'ulgan kuni ekan. Yo'q deyolmadim. Ko'zguning qarshisida turibman-u, negadir hech borgim yo'q… Begona odamlar bo'lsa… Men nima qilaman u yerda? Mayli… Borsam boraqolay, yana Shavkat hafa bo'lmasin… 17.02.2005 Qaerdanam bordim o'zi? Bekorga oyog'im tortmagan ekan. Eslasam o'z-o'zimdan uyalib ketyapman. Allaqanday ko'chalardan yurib, eskiroq bir domning uchinchi qavatiga ko'tarildik. Shavkat negadir eshikni o'z kaliti bilan ochdi. Ajablanib - Do'stingiz bu yerdamasmi? - deb so'radim. - Do'stim… hozir keladi. Bozor- o'char qilgani chiqib ketgandi. -Shavkat negadir juda shoshardi. O'zini g'alati tutyapti. Birov majbulagandek ichkariga kirdim. Eskigina ikki xonali uy. Tug'ulgan kun bo'layotganga sirayam o'xshamaydi. Ichkari xonaga kirishimizni bilaman birdan… U yogini yoza olmayman… Shavkat ko'zlarimdan oqayotgan yoshni zo'r berib to'xtatishga urinardi. Nimalar deb ovutgani esimda yo'q. Ertaga sovchi yuboraman dedimi, to'y qilamiz dedimi? Uyga qanday yetib oldim bilmayman… 19.02.2005 Bugun yaxshilab tayyorgarlik ko'rayapman. Shavkatning oyisi kelishi kerak. qanday yaxshi! Men bo'lsam undan shubhalanib yuribman-a! Zo'r berib stol bezatayotganimni ko'rgan onam - qizim, kimdir keladimi? -deb so'rab qoldilar. - Birov kelishi shartmi oyi? O'zimiz ham bir bayram qilaylik! Onamga sir boy bermadim. Uyalaman aqir… 20.02.2005 Kecha kechgacha kutdim sovchilarni. Balki biror ishi chiqib qolgandir oyisini? Bugun bo'lmasa ertaga kelishar… Ahir Shavkat va'da bergan-ku! 23/02.2005 Shavkat qo'ng'iroq qilmayapti… O'ziniki o'chiq… Tinchlikmikin ishqilib? qaerda bo'lsa ham sog' bo'lsa bo'lgani… Onam "o'zgarib qolding qizim, kasal emasmisan, biror darding bo'lsa ayt!" dedilar. qanday aytaman… 24.02.2005 Men qaerdaman? Nimalar bo'ldi o'zi? Bu sho'r peshonamga shu ham bormidi? Hammasini eslashga harakat qilishim kerak… Kutubxonadan chiqqanimda soat kechki olti edi. Bugun ancha kech qolib ketdim. Onam havotir olib o'tirgandir deb, tramvayga o'tirmay taksi to'xtata qoldim. qoramtir Neksiya mashinasi shundoqqina oldimga kelib to'xtadi. Tezgina o'tirib oldim- u, manzilimni aytdim. Kabinada mendan tashhari yana bir odam bor ekan. Qop- qora, yana ko'zlari g'ilay… Biram qo'rqinchli! Mashina oynalari qoraytirilgan ekan. Buning ustiga tashhari qorong'u, ko'cha yaxshi ko'rinmasdi. E'tibor berib qarab, umuman boshqa tarafga ketayotganimizni sezdim. Qo'rqib baqirib yubordim. - Hoy! Men sizga… U yoqini ayta olmadim. haligi qo'rqinchli odam qandaydir qo'lansa isli lattani og'zi burnimga yopgani esimda. U yog'i esimda yo'q. Hozir nimqorongi zax bir xonada yotibman. Nima qilsam ekan? Kim o'zi ular! Mendan nima istashadi?! Nega hech kim menga javob bermaydi, nega?!! Onam bechora… havotir olayotgandir… Otam hamma yerni izlab yurgandir… Yaxshiyam kundaligim yonimda, yo'qsa hozir siqilib o'lib qolardim… qo'rqib ketyapman… Kimdir kelyapti… 01.03.2005 Bugun ancha o'zimga keldim. Besh kundan beri behush ekanman. Nega o'zimga keldim? Undan ko'ra o'lib ketsam ham mayli edi… 02.03.2005 Bugun hammasini bir boshdan eslashga qaror qildim. O'sha kuni, qorong'u xonada yotganimda, mashinadagi ko'rganim, qilay odam kirib keldi. Kirgan zaqoti yoqasiga yopishib baqira ketdim. - Xayvon! Marazlar, meni qaerga olib keldilaring! hozir hammangni o'ldiraman! hali… g'ilay menga tarsaki tortib yubordi. Yerga yuztuban yiqilib tushdim. - qanjiq! -u sochlarimdan tortqilab turqazdi. - qani yur buyoqqa! Men yana gapirishdan qo'rqib, oqsoqlana-oqsoqlana u qaerga desa yuraverdim. Biz uzun, qorong'u yo'lak bo'ylab yurib ketdik. Kattakon qora charm eshik qarshisiga kelganda, g'ilay hunuk ovozda bo'kirdi. - To'xta! Kir! Yeshikni ochib meni ichkariga itarib yubordi. O'zi esa shu zaqoti g'oyib bo'ldi. Boshimni ko'tardim-u, qo'rqib ketdim. Kattakon xonada, uzun stol atrofida uchta semiz kishi o'tirar, uchalasining ham boshi kal, qop-qora ko'zoynak taqib olishgandi. Ular ko'zoynak ostidan menga shunday tikilishardi-ki… - qani yaqinroq kelchi… - O'rtadagi baqaloq aftidan, ularning kattasi bo'lsa kerak, gavdasiga umuman yarashmagan ovozda chiyilladi. - Nimaga meni bu yerga olib keldilaring?! - so'radim o'zimda jur'at topib. - Yaqinroq kel dedik senga! - Kattaning yonidagi baqaloq oqzidan so'lak sachratib vishilladi. Men qo'rib sekingina ularning yoniga bordim. - I-e! -dedi chetdagisi - Oqsoq ekan-ku! - Otasi bu haqda indamagandi! Ustimdan birov bir chelak muzdek suv quyib yuborgandek bo'ldi. "Otasi" dedimi? Naxot… - Nima dedingiz?! - Otang seni qimorda yutqazib qo'ydi! -dedi o'rtadagisi. - Yolg'on!!! - Ishon, cho'loq!Yendi bu yoqi o'zingga boqliq… Agar aqlli qiz bo'lsang, ish bitgach, qo'yib yuboramiz. Bo'lmasa… Mening quloqimga uning gaplari kirmasdi. Nahotki… Naxotki o'z otam… Bo'lishi mumkinmas!Otam bunday qabihlikka bormaydilar! Eq, otajon… Bu nima qilganingiz otajon?! Belimga kelib tekkan qo'ldan huddi, ilon tegkanday seskanib ketdim. O'rtadagi baqaloq sekingina yuzimni siladi. - Chakkimas… Men uning yuziga tarsaki torib yubordim. Bu unga zarracha ham ta'sir qilmadi. Aksincha, semiz tanasini silkitib kuldi. - Yovvoyi mushug-ey! - dedi suq bilan tikilib. -Yendi qarshiliklar foydasiz! Baribir hech qayoqqa ketolmaysan! Men qochmoqchi bo'lib eshik tomonga bordim. U esa jon xolatda baqirdi: - Polvon!!! Yeshikdan gavdasidan ot qurkadigan bir barzangi shitob bilan kirib keldi. - Olib bor! - buyurdi baqaloq. Polvon deganlari shunchalik baquvvat ediki, ming urinib, siltanib ham uning chayir qo'llari iskanjasidan chiqa olmadim. Baqirdim, yiqladim, yolbordim, lekin bu unga zarracha ta'sir qilmas, meni huddi o'z vazifasini bajarayotgan hissiz robotdek allaqaerga sudrab ketardi. YO'lak chetidagi kichikroq eshikka yetganda Polvon ham meni ichkariga itarib yubordi. qira chiroq yoritib turgan xonadagi katta kravatni ko'rib maqsadlariga tushundim. Eshikni mushtlab, bor ovozda najot so'rab baqira boshladim. YO'q… Oh-u nolamni shu to'rt devor-u, Yolqizgina Alloq eshitdi. Shu vaqt boyagi uch baqaloq xonaga birin ketin kirib kelishdi. Meni… Yeslashni qoxlamayman!!! 04.03.2005 Meni bu yerga bir chopon ota topib olib kelibdilar. Yaramas qimorbozlar, "ish"lari bitgach, meni gadoytopmas bir dalaga oborib tashlashibdi. Besh kun deganda bazo'r o'zimga kelibman. Bechora chopon ota… Meni dalaning chetidan abgor aqvolda topib olib, chodirga olib kelibdi. Tun-u kun atrofimda parvona bo'libdi. Ammo, menga qolsa o'sha yerda, o'sha ifloslarning qo'lida o'lib ketganim yaxshi edi… - ha, o'lganim yaxshi edi!!! Ming la'nat bu dunyoga! Yer yutsin hammangni! Jazavaga tushib baqira boshladim. Chopn ota shoshib kirib kelib, meni boshimni silab ovuta boshladi. - Yiqlama, qizim, Allohga shukr qil, omon qolding! - Bundan ko'ra o'lganim yaxshi edi ota! - Astahfirulloh de bolam, zolimlarga ham boqqan balo bor! Mana ko'rasan, qali hammasi yaxshi bo'ladi. Meni aytdi dersan, bolam! - Axir nega bunday bo'ldi, nega! Gunohim nima mening… Men sira o'zimni bosolmas, o'ksib o'ksib yiqlardim. Yo Alloh, mendanda baxtsizroq inson bormi o'ziq O'z otam , o'n sakkiz yil baqrida o'stirgan qizini bir buyum singari qimorga tikib yuborsa-ya! Nafratlanaman! Bunday otam yo'q mening! Yeh, Shavkat!!! Birgina sen tushunarding meni… Eng baxtli kunlarim, eng shirin xotiralarim, bari sen bilan boqliq… Bilaman, hozir meni izlayotgandirsan, soqinib kutayotgandirsan?! Izlama, qo'y! Sen bilgan oqsoq qiz yo'q endi! Men senga munosib emasman! Onajon, munisgina onajonim- a… Men endi uyga qaytmayman, onajon… Mendan rozi bo'ling, oqsoq qizingizdan rozi bo'ling, onajon! 09.03.2005 Bu yerda tabiat shunday go'zalki… hammayoq yam- yashil! Bahorning ilk kunlari… Chopon ota juda yaxshi inson ekan. Meni dalalarga olib chiqadi, har-qil gaplar aytib meni kuldirishga, o'tgan kunlarni unuttirishga qarakat qiladi. Kecha gap orasida o'zining hayotidan ham gapirib qoldi. Bolaligidayoq juda qiyinchilikda ulqaygan odam ekan. Bolalaik yillari urush davriga to'qri kelgan ekan. Otasi taqvodor inson bo'lgani uchun allaqayoqqa quloq qilib yuborishibdi. Onasini esa… Ko'z o'ngida bir guruq formadagi odamlar nomusini poymol qilishgan ekan. Bu sharmandalikka chiday olmagan onasi, joniga qasd qilibdi. Bechora chopon… hayot uni sabrli bo'lishga, ertangi yoru kunlardan umid qilib yashashga o'rgatibdi. Ho'sh, menichi Faqat taqqirlarga, qo'rlashlarga, aldovlarga ko'nikib yashashga o'rgatdimi?! 15.03.2005 Bugun ko'k yuzini huddi ko'nglim kabi qop-qora bulutlar qoplab oldi. har zamonda esa huddi yer yuzidagilarni mazaq qilganday qora bulutlar ortidan quyosh mo'ralab, qiragana nur sochib qo'yadi… Men chopon ota tutgan yo'ldan yurishga qaror qildim. Ya'ni kechagi kunni unutib, ertangi kundan nimadir kutib yashamoqchiman. Nimadir… Lekin nimaq! Yaxshiyam shu inson bor ekan… 15.03.2005 Tavba… qiziq ish bo'ldi-ku?! Hali ham o'zimga kelolmayapman. hozir bo'lgan ishni qanday tushunish kerak Chopon ota qishloqqa tushganida qizining kiyimlaridan olib kelgandi. Egnimni almashtirib olish uchun chodirga kirdim. Yechinib bo'lgan edim hamki, parda qimirlab, ichkariga ingichka nur tushdi. Sekingina qarasam… Chopon!!! Mening o'girilganimni ko'rib goyib bo'ldi. qo'rrqanimdan baqirib yuboray dedim. Nahotki?! Nahotki u ham menga egri ko'z bilan… YO'q, bo'lishi mumkin emas! Ahir u… Yey, Xudo, nahot u ham menga taqqirlangan, bechora qiz deb emas, nomussiz, beqayo ayolga sifatida qarayotgan bo'lsa?! Bu qanday ko'rgulikq! Nega ishonganlarim, otam deganlarim doimo dushman bo'lib chiqadi?! Biri qimorga tikib yuborsa, Biri fohishaga qaragandek qarasa… Ayt, mening sodiq? kundaligim, kim meni inson sifatida, go'dak sifatida tan oladi, kim?! Nazarimda… Men endi bu yerda ortiqchaga o'xshayman… Ketaman! Mayli, nima bo'lsa peshonamdan, ammo bu harib quyulmagan ikkiyuzlamachidan uzoqroq ketsam bas. Kechqurun, u uxlagandan so'ng yo'lga tushaman. Allohim, o'zing y'ol ko'rsat! 16.04.2005 Chol uxlagani yotgandan so'ng sekingina chodirdan chiqib ketdim. Kechasi bilan ne bir azoblarda, oyoq-qo'lim tirnala-tirnala yurib tongga yaqin, allaqanday katta yo'l qarshisidan chiqdim. hozir yo'l chetidagi eski bir bekatda o'tiribman. Bu qanday joy, endi qaerga boraman, bilmayman… Uzoqdan bir mashinaning qorasi ko'rina boshladi. O'rnimdan turib qo'l ko'tarishga choqlandim-u… O'ylanib qoldim. Buyam o'sha, qoramtir Neksiyaga o'xshab… Asta orhamga burilgandim hamki, mashina to'xtab, signal berdi. Yoshi elliklardan oshgan, sochlari oppoq bir kishi mashina oynasidan boshini chiqazdi. - O'tiring, singlim, bu yerdan mashina kam o'tadi! Oyoqim tortib-tortmay mashinaga chiqdim. O'tirdim- u, qo'rquv bosaverdi. Xozir, shunday o'giriladi-yu, qo'lansa isli lattani oqzimga bosadi… - Saharlab qaerga otlandingiz, singlim? Boshimdagi bir-biridan qo'rqinchli fikrlardan behabar qaydovchi kishi, tepadagi oynakdan muloyim ko'z tashladi. Yuragimdagi qo'rquv birmuncha tarqagandek bo'ldi. O'tgan kunlarim, menda odamlarga nisbatan bo'lgan ishonchni butkul so'ndirganday edi. - Shaharga, amaki… - Ha-a… Yo'limiz bir ekan! Nega qafasiz singlim?! Ko'zlaringiz qizaribdi?! - O'zim… - Xafa bo'lmang, hali hammasi yaxshi bo'ladi! Amakining tasallisidan ko'nglim buzilib ketdi… Tungi azoblardan charchagan ekanman ko'zim ilinibdi. - Singlim, shaharga keldik! Haydovchi amakining ovozidan cho'chib uyg'ondim. - Amaki, uzr, yonimda pulim… - E-e, singlim, nimalar deyapsiz?! Savob ham kerak! Yaxshi boring, sog bo'ling! Mashinadan tushdim-u, yuragim hapriqib ketdi. Tanish yo'llar, avtobuslar… Odamlarning yuzida, ko'zida kulgu… qaerga borishimni bilmay bir zum ikkilanib qoldim. Avtobus! O'sha avtobus! Shavkatni ilk marta uchratgandim unda! Oqsoqlanib borib, avtobusga chiqib oldim. Tanish o'rindi? tomon yurar ekanman, quloqimga tanish ovoz ham eshitilganday bo'ldi… Tanish ovoz… Zulmatga chulqangan kunlarimda ham menga taskin berga, nur bo'lib chorlagan ovoz… Ey, xudoyim, bu o'sha, mening hayotimga quvonch olib kirgan, qishdek sovuq umrimga bir nafaslik bahorni olib kirgan Shavkat… qanday baxt! hozir meni ko'rib sevinganidan yiglab yuborsa kerak tentakkinam! Sekingina borib ko'zlarini berkitish uchun qo'l cho'zgan edim ham-ki, yonidagi o'rindi? da o'tirgan qiz gapirib qoldi. - Buncha tikilasi-iz?! - Kechirasiz…- dedi Shavkat qizarib. -Sizni bir odamga o'xshatib yubordim. - Kim ekan u! - Sevgan qizim edi…. - Nima uchun "edi" - U… O'lgan… Men go'yo qaykal bo'lib qotib qolgandim… - Mening ismim Robiya! - dedi qiz - Rostdanmi?! hatto ismlaringiz ham bir xil ekan. Shunchalik o'xshashlik ham bo'ladimi?! huddi ikki tomchi suvdek! - Rostmi?! Shunda birdan qotib qolgan tilimga jon kirgandek bo'ldi. - Endi, keyingi bekatdagi hiyobonda tushib qolasizlar! Axir u yerda bu yigit sevgilisi bilan ko'p uchrashardi! Malika… YO'ge, Robiya bilan!shunday emasmi?! Bechora Shavkat… Meni qaerdan paydo bo'lib qolganimga tushunmay hadeb "YO'q, yo'q" derdi xalos. Men uning makkor yuziga tarsaki tortib yubordim. - Hoy, ch-cho'loq!!! - baqirdi u ko'zlari kosasidan chiqquday bo'lib. - nima qivossan?! Men "Suf senga!" dedim-u, keyingi bekatda tushib qoldim. Ey Allohim, bu dard ham bormidi menga?! Xudojon, nega bandalaring bu qadar tubanlashib ketgan?! Nega insonni, uning his tuy'gularini o'yinchoq qilishadi, toptashadi! qani or?! qani nomus?! qani vijdon, qani mehr?! qani muqabbat! Nahotki… Nahotki mehr o'tmishda qolib ketgan, Muhabbat esa Toxirning sandig'ida oqib ketgan, Farxodning qabriga ko'milib ketgan bo'lsa?! Shavkat… Meni o'z otam qimorga tikib yubordi… Chidadim… qandaydir yerda, qandaydir odamlar meni tahqirlashdi, zo'rlashdi… Dosh berdim! Otam deb ishonganim, bir insondan ko'nglim qoldi… Ko'nikdim! Ammo… Ammo bugun sen menga hadya etgan dard, meni butkul ado qildi! Men taqdirning achchiq sinovlaridan, faqat sen uchungina oman chiqqandim. har on, har nafas seni o'ylab yashadim! Ming la'nat! Ming la'nat seni deb o'tkazgan kunlarimga! Kundalikjon, men endi uyga qaytmayman. Uyga qaytsam otam bor… uni ko'rishni istamayman… Bir sengina, mening yaxshi kunlarimda ham, yonon kunlarimda ham hamrohim, sirdoshim bo'lding… Endi bas! Bu yog'iga o'zim ketaman. Sen shu yerda, shu hiyobonda qol… Meni huv anavi, ko'cha yuzidagi anhor o'ziga chorlayapti… Sendan iltimos, sen bilan bir qancha vaqt birga bo'lgan, dardu-dunyosini bo'liushgan oqsoq qizni unutma! hech bo'lmasa… Sen unutma…. Alvido…" Kundalik daftarning ohirgi saqifasini yopdim-u, ko'zlarimdan oqqan yoshni shundagina his qildim… Oh, falak! Yoshgina qizning, kichikkina qalbiga shuncha dardni berdingmi?! qani u?! qani endi oqsoq qiz?! U yo'q… YO'q!!! U insonlardan, dunyolardan yuz o'girib ketdi… Kundalik daftarni o'rindiq chekkasida qoldirdim. Undagi satrlarni boshqalar ham o'qishini, to'rt muchasi sog' bo'la turib shukr neligini bilmay yashayotgan insonlarga saboq bo'lishini istadim. Ko'zlarimdagi yoshni artib, atrofga nazar soldim. Atrof ancha qorong'ulashib qolgan, shafaqning bir chekkasida, zolim kimsalarning qilmishlaridan xazar qilganday yuzlariga bulutlardan parda tortib, bag'ri qon quyosh botib borardi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1