Ne g'urbatlarni chektim charx
bebunyod dastingdin,
Mudom motamda qoldim, bo'lmadim
dilshod dastingdin,
Tamomi xonumonim bo'ldi chun
barbod dastingdin,
Qafasdin bo'lmadimki qumridek
ozod dastingdin,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod
dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod
etarman, dod dastingdin.
Dilimning quvvati, ruhi ravonimdin
ayirdilar,
Ko'zimning oqi yanglig'
mehribonimdin ayirdilar,
Azizim, hamdamim, oromijonimdin
ayirdilar,
Jahon gulzorida ul gulistonimdin
ayirdilar,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod
dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod
etarman, dod dastingdin.
Chamanda bulbuli sho'ridadurman,
oshyonim yo'q,
Misoli chug'dek vayronalarda ham
makonim yo'q,
Vafolig' yor deb chiqti, jasadda balki
jonim yo'q,
Azizimdin judo bo'ldum, boshimda
soyabonim yo'q,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod
dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod
etarman, dod dastingdin.
Meningdek g'amga qolgan,
dilparishon o'lmasun hech kim,
Ko'zi chun termulub yo'llarda vayron
o'lmasun hech kim,
Bahori gulshani umri zimiston
o'lmasun hech kim,
Bu dunyo diydasig'a torikiston
o'lmasin hech kim,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod
dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod
etarman, dod dastingdin.
Umidim bor, etkurgaymusan xurshidi
matlabni,
Saodat burjidin ul sha'mi iqbolimg'a
kavkabni,
Ko'targaysan boshimdin ikki olamda
qaro shabni,
Iloho, sen etur himmat yo'lig'a xasta
Mashrabni,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod
dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod
etarman, dod dastingdin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев