Nafsi sarkash muddaosidin xudo
bersun panoh,
Bul zamona muttakosidin xudo
bersun panoh.
Hirqayi bechora kiymoqlikmu rohi
bandalik,
So’fini dalqi riyosidin xudo bersun
panoh.
Jomayi malla kiyib, qilg’on ishi
hiylavu makr,
Shayx noqis xonaqosidin xudo
bersun panoh.
O’zlari komilsifat, har luqmasi haqqi
sag’ir,
Yurtni ul sohib duosidin xudo bersun
panoh.
Lof urar “Abdoli vaqt-man!” deb,
so’zida ma’ni yo’q,
Bul zamona rahnamosidin xudo
bersun panoh.
Mard lashkar yo’sinida qo’liga tasbeh
olib,
Shayxni rangin asosidin xudo bersun
panoh.
Muttaqiylik da’vi aylab, o’zlarini pir
tutub,
Oxiri vaqt porsosidin xudo bersun
panoh.
Bul qalandar jandasining torida
zunnori yo’q,
Boshiga kiygan kulosidin xudo
bersun panoh.
Mashrabi sho’ridani qilg’an duosin
qil qabul.
Ul saharxezni duosidin xudo bersun
panoh.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев