Holing har xil bo'lib ketti
Kufr tomon yurib ketting
Endi ayt kim bo'lib qolding
Mo'minlikni davo qilma
Sajdaga bosh qoymasang ham
Hatto jumaga kelmasang ham
Dinni g'amin yemasang gar
Mo'minlikni davo qilma
Vaqting o'tar bozorlarda
Kechalari ayshu ishratta
Kuning o'tsa mayishatta
Bemani bir majlislarda
Mo'minlikni davo qilma
Mahsuloting aldab sotsang
Tarozidan urib qolsang
Bilmadi deb hursand bo'lsang
Mo'minlikni davo qilma
Musilmonlar xorlansa ham
Kufr ularni o'ldirsa ham
Bunga qarshi turmasang gar
Mo'minlikni davo qilma
Musilmonlarga yordam berolmasang
Bu holingdan ranjimasang
Ular haqqiga hatto duvo qilmasang
Mo'minlikni davo qilma
Telefon to'la faxsh munkarlar
Bularni o'zgalarga tarqatsang
Bu ishingdan xursandsan bo'lsang
Sen mo'minlikni davo qilma
Bilib turib g'iybat qilasan
Xatto buni gij-gijlaysan
Urishtirib sen xursandsan
Mo'minlikni davo qilma
So'z bersang bajarmaysan
Bergan axdingda turmaysan
Shunday bo'lib qoldi deb tursang gar
Sen mo'minlikni davo qilma
Hotining yursa bozorlarda
Seni boqaman deb qay makonlarda
Kirib kelsa kechalarda
Sen mo'minlik davo qilma.
Qizingda yo'q bir hech hayo
Kiygan ko'ylagi behayo
Yetar shuncha qilganing davo
Sen mo'minlikni davo qilma
Ikki gaping biri yolg'on
Aytgan har bir so'zing yolg'on
Yolg'onmas degan so'zing yolg'on
Sen mo'minlikni davo qilma
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев