Предыдущая публикация
Sendan judo qildi meni bu shum taqdir.
Shundan beri yurakka qil sig'mayapti.
"Gunohim ne edi mening? Aytgin axir".
Deya dilim hech ko'nmasdan yig'layapti.
Ovutmoqqa bahona yo'q yuragimni.
Yig'lab et-u badanimni tirnayapti.
Qancha qancha gulirano go'zallarga.
Joy bermoqni aslo ravo ko'rmayapti.
Keng dunyoga sig'mas mening hasratlarim.
Faryodlarim yuragimni tig'layapti.
Kundan kunga ortib boradi dardlarim.
Armonlarim yuragimga sig'mayapti.
Charchab kettim bu hayotning qiynog'idan.
Ko'ngil qurg'ur nim tabassum qilmayapti.
Otay desam sug'irib gar yuragimni.
Sen bor unda... Seni ko'zim qiymayapti.
Muallif ,,,ALI,,,
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев