" Qiz tonggacha mijjaqoqmadi. Allohdan umidlari puch bölib chiqmasligini söradi. Ertasi kun bog'chaga borib, rasm murabbiyini söradi. Uni bir xonaga kuzatib qöyishdi. Xonaga kirgan qiz burchakda turgan yangi chizilgan suratni tanidi. Qachonlardir tongda uyg'onganida dökoncha devoriga chizilgan yurak shakli edi bu. Qiz judayam hayajonlanardi. - Balki yordamim kerakdir? G'alati ovoz, qiz 8 yil kutgan ovoz eshitildi. Ögirilganida qarshisida ösha rom qiluvchi tabassumi bilan yigit turardi... Yigitni Berlinda 3 yil davomida davolashgan, keyin 2 yilga yaqin nogironlik aravachasida yashagan, nihot keyin butunlay sog'ayib ketgandi. Ular ancha vaqt bir- birlariga termulib qoldilar. Qizning sakkiz yil oldingidek chiroyi yigitning ösha vaqtlardagidek jozibador tabassumiga qarshi turardi. Qiz shu yillar ichida ilk marta sevinganidan yig'lardi. Yigit qizga yaqin keldi. - Qachondir nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlarni mana bunday sidirib tashla... Keyingi jumlani ular baravariga aytishdi: - CHUNKI HAYOT GÖZAL...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев