Men 2016 yili qish faslida Qozog'izston Respublikasida ishlar edim.
Sharoit yaxshi emas bu esa o'z navbatida menga yoqmas edi. Boshliqqa bu haqida bir necha marotaba aytdim lekin befoyda. Shu zaylda 28 kun ishladim. Ikki oyga kelishuv asosida ishga bordim. Oyligimni 90% ni olib bo'lganman oldindan. Taxminan 200 ming so'm pulim boshliqda qolgan edi. Bir kuni yana sharoitni aytib urushib qoldim boshliq bilan. Ketaman dedim va boshliq xisob kitob qilib o'zicha agar ketsang mendan 180 ming so'm qarz bo'lasan shuni to'la va ketaver dedi. Meni yonimda bir so'm ham pulim yo'q edi. Lekin meni xisob kitobimda boshliqda meni 200 ming so'm haqqim bor edi. Shu tariqa ketishga qaror qildim. Boshliq bor ketsang ketaver bir so'm pul bermayman dedi. Meni keta olmaydi deb o'ylab. Men esa piyoda bo'lsa ham ketaman dedim va pasportimni talab qildim. Pasportimni berdi.
"Xa mayli chegaragacha taxi chaqirib beraman" dedi raxmi kelganday.
Men esa jaxl ustida kerak emas dedim. Va ko'chaga chiqib ketdim. Qish, qor yog'ib guvillab shamol bo'lyapti. 5 km taxminan piyoda yurdim. Va taxidan vos kechganimdan afsuslana boshladim. Lekin qaytishga g'ururim yo'l qo'ymas edi. Ustiga ustak dokumentim ham 2 kun qolgan edi tugashiga. Bir Masjidga duch keldim va shu Masjidga kirib jamoatdan yordam so'radim. Ular Jo'me Masjidga borib yordam so'rashimni maslahat berishdi. Jo'me masjidga borish uchun esa yana ortga 5 km yo'l bosishim kerak edi. Masjiddan chiqib Allohga chin dildan nola qilib yig'ladim. "Yo Alloh o'zing ko'rib turibsan ojizligimni" deb yig'lab yubordim chin dildan. Va yana yurishda davom etdim. Shu payt bir Jiguli mashinasi morgat qildi lekin pulim yo'q to'xtatdim va mashinaga o'tirdim. Taxi qayerga deb so'ramay yurishda davom etdim shu payt men gap boshladim. Aka yonimda pulim yo'q qishloq markaziga olib boring shu yerda telefonimni sotaman va yo'l kira xaqqini beraman dedim. Taxichi aka nima bo'ldi dedi. Bo'lgan voqeani aytib berdim. U aka esa sen ishlayotgan nonvoyhonani bilaman agar sen u yerda biror ish ko'rsatib qochib ketayotgan bo'lsangchi dedi. Men unday emas dedim. U aka esa qara ukam xozir o'sha nonvoyhonaga boramiz va men u yerdagi ishchilardan seni tanishini va hechqanday ish ko'rsatmaganingni bilsam seni O'zbekistongacha yo'lkirangni beraman dedi. Men ho'p dedim. Bordik u yerdagi bollardan so'radi:
― B bolani taniysizlarmi?
― Xa
― nima ish ko'rsatgan?
― Xechqanday shunchaki boshliq bilan urushib qolib chiqib ketgan
― Boshliq qani?
― ikkinchi nonvoyhonada
Taxichi ishondi va markazga olib borib. Taxiga o'tqazib butun yo'lkiramni to'ladi. Men kerak emas agar telefonimni sotsam xech bolmaganda 4000 tangaga oladi shu pul bilan O'zbekistonga yetib olaman dedim. U ko'nmadi.
― Yo'q telegoningni o'zing ishlat bu senga xolis yordamim
― Aka lekin nima uchun siz meni men sizni tanimaymanku?
― musofir ekansan senga bu yordamim.
― raxmat aka mendan qaytmasa Xudodan qaytsin kattakon raxmat
Deya quchoqlab ko'zimga yosh keldi.
Bu xodisa 2016-yil yanvar oylarida Qozog'iston Respublikas Chimkent viloyati Sayram tumani Qorabuloq qishlog'ida bo'lgan.
Aytmoqchi bo'lgan narsam chin dildan Allohga iltijo qilinsa Alloh o'zi yo'q joydan yordam paydo qilar ekan. Allohga hamdu sa'nolar bo'lsin. (Otabek)
Manba: Telegram messenjeri @buyukliksirlari kanalidan olindi
Guuhimizni kuzib boring
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев