O'yinlar yanvar oyidan start oladi. Shuning uchun viloyat terma jamoalari (max 10 kishilik) tarkibini 1-yanvar 2015 yilgacha tuzishlari kerak.
O'yinlar ja'mi 5 bosqichda o'tkaziladi, ya'ni
1-bosqich.
a) juftlik (12tagacha jamoa qatnashadi)
b) guruh (12tadan kam)
2-bosqich.
Yakkalik(6ta jamoa)
3-bosqich.
Yarim final(4ta jamoa)
4-bosqich.
Final(2ta jamoa)
5-bosqich.
Super final(yagona jamoa).
Izoh: 1-bosqichda turnirda qatnashmoqchi bo'lgan jamoalar soni 12taga yetsa bu bosqichda jamoalar 6 juftlikka bo'linib o'yinlarni boshlashadi va yakunda 6ta g'olib jamoa keyingi bosqichga o'tadi.
b) jamoalar 12tadan kam(10ta yoki 8ta) bo'lsa jamoalar teng miqdorda 2guruhga bo'linishadi (oldingi mavsumdagi kabi).
Bordiyu jamoalar 8tadan kam bo'lsa 1-bosqich o'tkazilmaydi.
2-bosqich. Bu bosqichda jamoalar bittadan o'tkazadi(asosiyda bitta, qolgan 5 jamoa lichkada) bosqich yakunida eng ko'p ochko yig'gan 4 jamoa yarim finalga chiqadi.
3-bosqich yarim final: 4 jamoa 2ta juftlikka bo'linib final uchun kurashadilar. Yakunda 2 g'olib jamoa finalga yo'l oladi.
4-bosqich. Final. 2 jamoa g'oliblik uchun o'yinga kirishishadi va yakunda g'olib jamoa Erudit bilimdonlar klubi guruhining II-viloyatlar o'rtasidagi O'zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo'lishadi.
5-bosqich Superfinal. Bu bosqich ihtiyoriy bo'lib unda chempion jamoa qolgan 11 viloyat jamoalar yo'llagan 11savolga javob berishadi.
Öyin ichidagi qoidalar:
1. Bir öyinda jamoalarga alohida mavzularda ja'mi 5tadan savol beriladi har bir savol uchun 12 daqiqa vaqt.
2. Javob berishda oxirgi javobni jamoa sardori u bölmagan holda uning jamoadoshi "javob" sözidan söng yozadi.
3. Savol muhokamasini xohlagan joylarida qilishi mumkin faqat oxirgi javob savol e'lon qilingan mavzuda yozilishi kerak. Ajratilgan vaqtdan keyingi javob inobatga olinmaydi.
4. Öyinga öz vaqtida kelmagan jamoaga texnik mag'lubiyat(5:0) yoziladi.
Baholash sistemasi
1. Faqat tög'ri javob uchun 1 ball beriladi.
2. Jamoaviy g'alaba uchun 3 ochko durrang uchun 1 ochko
Öyin jarayonida ta'qiqlanadi.
Hakamga e'tiroz bildirish, savolni almashtirish talabi, janjal kötarishga urinish, javobni google, yandex va boshqa manbaalardan nusxa ko'chirib berish!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5