U ayolini juda yaxshi ko‘rar, ardoqlar
edi. Kutilmaganda ayolda g‘alati kasallik boshlanibdi.
Butun badaniga husnbuzar va yaralar toshib, avvalgi
chiroyidan asar ham qolmabdi. Dard borgan sari avj
olibdi.
Kasallik boshlangan vaqtda er safarda ekan. U
qaytayotganida falokat yuz berib, ko‘zi jarohatlanibdi,
ko‘rmay qolibdi. Shu alfozda er-xotin 40 yil birga hayot
kechirishibdi. Vaqti-soati yetib, ayol vafot etibdi. Er bir
umrlik hamrohini, vafodor, itoatli xotinini
yo‘qotganidan qattiq xafa bo‘libdi.
Ayolni dafn etishgach, barcha tarqalibdi. Er ham o‘z
uyiga ketmoqchi bo‘libdi. Shunda yonidagi do‘sti:
—Qayoqqa ketyapsan? – deb so‘rabdi.
—Uyimga, – javob beribdi er.
—Qanday qilib ketasan, axir birov yetaklamasa,
yo‘lingni topa olmaysan-ku!
—Mening ko‘zlarim ochiq, – debdi er. – Faqat shuncha
yil o‘zimni shu holga solib yurdim. Ayolimning kasali
oqibatlari meni shunday yo‘l tutishga majbur qildi. U
juda yaxshi ayol edi, kasalligidan xabardorligimni
bilsa, butun umr qimtinib, o‘ksinib yashardi. Qalbini
yaralagim kelmadi. “Erim xunukligimni bilmaydi-ku” —
deya xotirjam yashashi uchun shunday yo‘l tutgandim.
U qirq yil kasalligini umuman o‘ylamay, o‘ksimay
yashaganidan xursandman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7