«Alloh taolo bu ummatdan halol-harom qilingan, namoz kabi farz etilgan narsalarga va boshqa ahdlarga vafo qilishga ahd-paymon olgan.
Ahdlar ham xuddi shu kabi bo‘lib, Alloh farz qilgan muhkam narsalardandir. Biron bir holatda ham uni buzishga yo‘l yo‘q».
Muqotil ibn Hayyon aytadilar:
«Alloh Qur’onda buyurgan Uning O‘zigagina itoat etishingiz va qaytargan narsalardan qaytishingiz xususida sizlarning zimmangizga yuklagan ahdlarga, mushriklar bilan sizlarning orangizdagi ahdlar bitimlarga va insonlar o‘rtasidagi ahdu paymonlarga vafo qilinglar». Vallohu a’lam.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, haqiqiy munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan bittasi bo‘lsa, to uni tashlamaguniga qadar unda munofiqlikning bitta xislati bo‘ladi. Ular gapirsa, yolg‘on gapiradi, ahdlashsa, ahdida turmaydi va agar bahslashsa, fojirlik qiladi (haddidan oshadi)» (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев