Ispaniya chempionati 18 turida "Barselona" klubi "Atletiko"ni qabul qildi va og'ir kechgan uchrashuvda g'alabaga erishdi.
Avvaliga hammasi kataloniyaliklar uchun yaxshi boshlangan edi. Neymar va Suareslarning gollaridan so'ng "Barselona" birinchi bo'limni katta ustunlik bilan yakunladi.
Ammo ikkinchi bo'limda belgilangan penaltidan so'ng "Atletiko" hisobni qisqartirgach, uchrashuvdagi keskinlik oshib ketdi. 87 daqiqada Messi jamoasining uchinchi golini kiritgach, bu keskinlik ortda qoldi va "Barselona" g'alabani qo'lga kiritdi.
Ispaniya chempionati, 18-tur
Barselona – Atletiko 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar:1:0 – 12 Neymar, 2:0 – 35 Suares, 2:1 – 57, penalti Mandjukich, 3:1 – 87 Messi.
Barselona– Bravo, Dani Alves, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich (Rafinya, 89), Buskets, Inesta, Messi, Suares (Pedro, 90), Neymar.
Atletiko– Moyya, Xuanfran, Ximenes, Godin, Games (Sikeyra, 83), Gabi (Torres, 68), Tiagu, Turan, Grizmann (Garsiya, 74), Koke, Mandjukich.
Ogohlantirishlar:Games (21), Mandjukich (33), Xuanfran (49), Suares (59), Tiagu (65), Grizmann (69), Maskerano (74), Messi (80), Godin (83).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев