Sizga nima yomonlik qildim.
Nima qildim yomon ko'rgani,
Men bor yo'g'i bir sizni sevdim.
Ming gapimga aytmaysiz bir so'z,
Ko'rganingizda o'girasiz yuz.
Boshqalar oldida bahordek yashnab,
Bir meni yonimda ko'rinasiz kuz.
Atay xo'mrayasiz men kulganimda,
Atay jilmayasiz men kuyganimda.
Yo shunchalik yomonmanmi men?
Yo xatolik bormi sizni suyganimda?
Yomonmi sizni jondan sevsalar?
O'zidan ham ortiq ko'rsalar.
Yo shunchalar ko'zlaringiz ko'rmi?
Sizni mencha sevolgan bormi?
Buncha yomon ko'rasiz meni?
Sizga nima yomonlik qildim.
Nima qildim yomon ko'rgani?
Jondan ortiq bir sizni sevdim...
https://youtube.com/playlist?list=PLjV0YTxabOiJhhEkmFJtDwJ6diFNNkspM&si=-Rsw5R2cIp8dXdwg
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев