pastda kutib turibman tezroq tushaqol gulim kech qolamiz.Farruxning bu qo'ng'irog'idan keyin Gulzoda ham tezda ko'zgu oldidan uzoqlashib shoshgancha sumkasini oldiyu pastga tushdi.Assalomu alekum begim kutib qomadizmi deya erkalanib aybini yuvaqoldi Gulzoda.Yo'q yur shu qizlarga tushunmayman nima qilasilarki uydan chiqishlaring bunchalik qiyin bo'ladi dedi kulimsirab.Voooy bu nima deganiz(erkalanib qo'lini tutgamcha)axir tez chiqdimu keyin bilsangiz qizi borni nozi bor deb qo'ya qoldi.Xabo'pti bo'pti senga gap topib bo'larmidi gulim hafa bo'lma dedi Farrux.Ular bir-biriga uzuk qo'ygandek edi go'ya.Ikki yosh bugun oppoq orzulari boshlanadigan quvonchli kun uchun oppoq libos(nikox ko'ylagi)tanlash uchun ketishayotgandi.
Go'zallik saloni!
Farrux aka qarang bu ko'ylak yarashdimi deya yo'lakdan farishta qiyos malak nur sochib kelardi.Xajudayam...ochilib ketding malagim dedi Farrux.
Shuni olamiz!
Yana bir nimala tanlashdi shu b.n kun kech bo'ldi.Farrux aka yuring o'zimizni joyga biroz o'tirele dedi Gulzoda.Borishdi!Bu ularni ilk ko'rishgan joylari edi.Oradan 2 yil o'tdi bir haftadan keyin esa ularning to'ylari edi.Soy bo'yi.Atrof jim jit.
Gulim deya gap boshladi Farrux.Labbay eshitan begim.
-Sen qaysi fasilni yoqtirasan?
-Bahorni!
-Nega?
-Chunki men bahorda tug'ulganman! O'zizchi?
-Men ham baxorni!
-Voy rostanmi?Siz nega baxorni yoqtirasiz?
-Chunki sen baxordan tug'ulgansan gulim dedi Farrux.
Orada biroz sukunat cho'mdi.Gulzoda sukunatni buzib
Jinnivoy deya oldi.
Bu kunlar Farrux va Gulzodaning hayotidagi eng shirin onlari edi!
Hayotning ularga atagan achchiq kunlari,ming bir sinovi hali oldinda ekanini qayerdanam bilardi!
Baxtdan mast sevgidan sarxush yuraydilar.
Oradan bir xafta o'tdi!
To'y kuni!
Yor yorlar sadosi ostida to'yxonaga husni oyni xijolatga qo'ygancha,necha necha suluvlarga orzu xavas bergancha harir libosda kelin kirib keldi.Ularga hamma havas qildi.Ko'rganni suxi kirardi ularga...!To'y xam o'tdi.
Gulzoda yuzi yorug' oydek kelin bo'ldi.Qaynona qaynotasini o'z ota-onasidek ko'rdi!
Ular kelinlaridan xursand doim duoda edilar.Ko'z tegmasin sizlarga baxtli bo'linglar.Umrila uzun bo'lsin deyishardi.Oradan 11 oy o' tdi.Ko'cha ko'yda uzun quloq gaplar bolalay boshladi!Palonchini kelini bepusht ekan yoki bu ayb Farruxda ekan degan gaplar chertib o'tmagan quloq qolmadi.Bunga sabab Gulzodaning hali ham bo'yida yo'qligi edi.
Tunni yig'lab,kunni aldab o'tqazadigan bo'lib qoldi.
-siqilma gulim hali hammasi yaxshi bo'ladi deb ovutishga chalg'itisha urinardi Farrux.Lekin Gulzoda ham Farruxni ikki barobar siqilayotganini tushunardi.Chunki Farrux Gulzodaga taskin berardiyu keyin o'zi tashqarida tunni segaret chekib o'tqazar uxlamasdan tong otqizardi.Bularni sezib yurgan Farruxning onasi ularni yana shifokor ko'rigiga borishga undardi lekin Farrux har safar bosh tortardi.Onasi andisha qilyapti o'g'lim degancha majburlamay qo'yaqolardi.
Shunday o'tayotgan kunlarning birida Farrux uyiga juda ham kech keldi.Ertasi kuni onasi Farrux bu nima yurish bolam nega kecha kech kelding axir bunday odating yo'q ediku deya koyigan bo' ldi.Biz yonida bo'sak xam kelin senga ko'proq suyunadi,sendan kuch oladi .Sen bunday yursang u kimga suyansin onang o'rgilsin bunaqa yurmagin o'zingni qo'lga ol dedi...
-kechiring oyijon boshqa qaytarilmaydi dedi yosh boladek boshini quyi solib.
Mayli bolam nega kech qolding tinchlikmi o'zi biror sababi bormi dedi onasi.
Shu payt Farruxning singlisi ularning oldidan (karavatda o'tirishgandi)o'tib qoldi va shunday dedi.
-albatta sababi bor shunaqa chiroyli sababi borki ko'rib havasiz ketadi dedi kulib.(u akasini bir kun oldin bir ayol bilan ko'rgandi).
-bu nima deganing qizim demak sen u sababni tanir ekansanda?
-xa oyijon taniyman biram maloxatliki o'sha sabab...
Madina uyga kir deya baqirib berdi Farrux singlisining gapini kesib va turib ko'chaga chiqib ketdi.
Oshxonada turib bo'lgan gap so'zlarni eshitgan Gulzoda esa xuddi mast odamdek karaxt edi.Uning boshida qaynisinglisi Madinaning" chiroyli,maloxatli sabab" degan so'zlari charxpalakdek aylanib aylanar naxotki "xiyonat qilyaptla "deb o'ziga savol berar lekin javob topa olmasdi.Hech narsaga tushunmas,anglamas,tushunsa ham tan olgisi kelmasdi.To'yib yig'lagisi dod deb baqirgisi kelardi ammo dilini yoqqan bo'g'zidan otilay deb qadalib turgan nolani tilini tishlab bosib turardi zo'rg'a.Shu kun qanday o'tdi bilmaydi ustida kulib ichidi o't bo'lib yurdi.Kechki soat 4 lar atrofida telefon ovozi eshitildi.Uyning bir burchagida savollarga ko'milib o'tirgan Gulzodaning xoyilini telefon ovozi buzib yubordi.
Farrux akam keliptila deya o'rnidan turdiyu lekin ovoz shu yerdan eshitilayotganini sezdi.Xabu Farruxning uyda qolib ket gan telefoni edi.
Gulzoda uni Farruxning kiyimlari ostidan topdi.Qo'ng'iroq uzildi.Kim ekan ochib ko'rmoqchi bo'ldi shu payt yana qo'ng'iroq davomi boshlandi.
Telefonni ko'tardiyu jim turdi!
-a'lo Farrux a'lo.
-a'lo Farrux akam yo'q edila!
-salom Farruxga gapim bor edi kimi bo'lasiz?
-man rafiqalariman!O'ziz kimsiz?
-men,men... aloqa uzildi.
Gulzoda yana savollar ummonida qoldi "kim bu qiz?nega Farrux akamni so'radi,nima gapi bor ulada?Naxotki bu o'sha qayinsinglim aytgan "maloxatli sabab"bo'lsa?Bu savollardan uning ko'zida nafrat alangaladi va o'sha nomerga qaytib qo'ng'iroq qildi.Davomiy gudoklardan keyin go'shak ko'tarildi.
-alo
-alo nega meni erimga qo'ng'iroq qilyapsiz kimsiz?
-buni aytolmaxman!
-nega nima uchun.
-ilojim yo'q!
-men siz bilan ko'rishmoqchiman iloji bordur?Qayerda bo'lsangiz ham topaman yaxshisi o'zimiz xoli gaplashvolaylik.
-yaxshi yomon gap kerakmas.Mayli ko'rishamiz ertga soat 8da.....
Ertani kutish azob lekin o'sha kuni Farruxning uyga kelmaganligi unda azob edi.Uni boshqa bilan deb o'ylab hayotidan hafa bo'lib yig'lab,yana shunda ham erini intiq bir ilinj bilan kutib tuni bilan mijja qoqmay tong ottirdi.Ertalab ishlarini qildiyu qaynonasidan ruxsat olib notanish ayol bilan ko'rishgani chiqib ketdi.Aytilgan joy aytilgan vaqtda yoshi 35 yoshlardagi juvon bilan ko'rishib qaytdi.Endi uning ko'nglidagi xavotir va gumon tarqagan buning ustiga ancha xursand xayotidan mamnun edi.
Uning xayolida hamon o'sha ayolning gaplari edi.
-men shifokorman eringizni davolagan shifokor.Bir oy oldin analiz topshirgandi eriz o'tgan kuni analiz javobi chiqishi kerak edi.Kechgacha kutgandik chiqmadi.Kecha natijalarni olgandim Farrux kelmadi shuni aytgani telefon qilgandim..."TABRIKLAYMAN ENDI SIZLARNING HAM FARZANDINGIZ BO'LADI TEST NATIJALARI IJOBIY CHIQIBTI"shu oxirga gaplar Gulzodani so'ngan xayot olovini yoqdi...
Yo'l yo'lakay esa eriga ishonmay undan xiyonatni gumon qilgani uchun o'zini koyib keldi.
Shifokor ayol go'yo Gulzodaning o'chib borayotgan hayot olovini alangalatgan edi.
Uyga kelib supada yig'lab o'tirgan qaynisinglisini ko'rdi va undan so'radi.
-Madina nega yig'layapsiz?Nima bo'ldi tinchlikmi?
-yangajon akam akajonim...avtoxalokat...shifoxona...
-nima???Gulzodaning qulog'iga faqat shu so'zlar kirdi.
Shifoxona tomon yugurdi...
Shifoxona!
Reanimatsiya!
Tashqarida ota onasi yoru do'stlari ming bir azobda to'lg'onib soniya o'tqazar ilinj,mo'jiza kutar.Ichkarida Farrux o'lim bilan olishardi.
Palata,karavat va zo'rg'a nafas olayotgan Farrux!
Gulzoda yig'idan o'zini bosolmay karavat yoniga tiz cho'kdi.Farruxning qo'llarini tutgancha xudo db nola qilardi.
-gulim dedi Farrux zo'rg'a pichirlab.
-Labbay begim(ko'z yoshlarini yoshirib)
-borliging uchun raxmat.Mendan rozi bo'l gulim.(so'nggi so'zlari uning zabonida qotib qoldi)
-yo'o'o'o'o'o'o'q jiiiim Farrux aka jiiiiiiiim(baqirgancha)
Farrux esa bir umrga jim bo'lgandi shu onda.
Yosh,vaqt,joy,sharoit tanlamas ajal Farruxning omonat yoshgina,navqiron jonini so'ramasdan,aytmasdan,beso'roq olib bo'lgandi...
Keyin esa shifokorlar....
Yurakni ezuvchdi oxu dodlar...
Nabiyev Farrux Bekmurodovich endi u tiriklar orasida yo'q.
Janoza!
Uni qabrga qo'yib kelishdi...!
Ona kuygan!
Ota kuygan!
Opa kuygan!
Singil kuygan!
Gulzoda esa hatto yig'lolmasdi ham!Shunchaki bir nuqtaga qarab turardi!
Yig'i-sig'i!
Shu paytda Gulzoda ilkis yerga yiqildi...!
Ko'zini ochganida shifoxonada edi!
Baxt va qayg'u yonma yon degan gapga Gulzoda shifokorlarning aytgan so'zidan keyin ishondi...
Tabriklaymiz Gulzoda Murodova yaqinda ona bo'lasiz!
Xomiladorsiz!
Xomila 3 xaftalik bo'libti endi o'zingizni ehtiyot qiling...yana nimalardir dedi lekin bu so'zlar Gulzodaning qulog'iga kirmadi!
Shu laxzada uning yuragidan,ko'zidan yosh emas eri shunday kunlarda uning yonida emasli uchun alamli qonlar oqdi.
Aniqlanishicha neksiya avtomabili Farruxni o'tgan kun uyga qaytayotganida urib ketgan.Rulda yosh yigit bo'lgan va yordam bermasdan jinoyat joyidan qochib ketgan!Agar yordam berilganida Farrux xozi xayot bo'lar va sizu bizni oramizda yashab yurgan bo'lardi....
Voqeadagi o'xshashliklar faqat tasodif....
Shod yashang g'amga bermang ko'ngil, siz ham bu dunyoning Durdonasisiz. Hazonlardan asrang hayot gulini, ahir siz kimnidir "Birdonasi"siz..
"Hayot daftarining yan bir varog'i yopildi"!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 61
yarim baxtdan xydo asrasin