Dunyoga keldikmi biling ey dustlar,
Ikki dushmani bor erkak kishini,
Biri manmanligu ikkinchisi til,
Tuxtatadi yurub turgan ishini.
Dunyoga keldikmi biling ey dustlar,
Ikki dusti bor erkak kishini,
Biri oilasi va halol mehnat,
Shular bulsa egib yurmas boshini
Dunyoga keldikmi biling ey dustlar,
Ikki omadi bor erkak kishini,
Vafodor ayol va eng sodiq dust,
Yuqsa hayot sindiradi tishini.
Dunyoga keldikmi biling ey dustlar,
Ikki qarzi bor erkak kishini,
Biri onasidan biri vatandan,
Shu ishga sarflasin bilak kuchini.
Dunyoga keldikmi biling ey dustlar,
Ikki boyligi bor erkak kishini,
Biri farzandi va hotirjamlik qaritmaydi yoshini.
Dunyoga keldikmi biling ey dustlar,
Ikki qanoti bor erkak kishini,
Birinchisi iymon keyin sodiqlik,
Shular keltiradi omad qushini.
Dunyoga keldikmi biling ey dustlar,
Ikki baxti bor erkak kishini,
Biri ayol emas erkak bulib tug'ilgan,
Ikkinchisi olar ayol hushini.
Ahad Qayum aytar biling ey dustlar,
Ikki ustini bor ijod axlini,
Biri chin muhlislar va istedod,
San'atkor shulardan sezar baxtini.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев