dunyo yuzini ko’rdi. Onasini
qiynab qo’yishdan qo’rqqan
shekilli, u vrachlar yordamisiz
tug’ildi. Oradan bir kun o’tib, bu
chaqaloq o’zini shahar
chekkasidagi tashlandiq sovuq
yerda ko’rdi.Onasi: -Bolajonim,
oppog’im, o’g’lim. Dunyoga
bevaqt keldingda. Hozir zamon
judayam o’zgarib ketgan. Men
sen bilan qayerga ham sig’ardim.
Ota-onam ko’rsa seni ham meni
ham o’ldirishadi. Mening esa
hamma hayotim oldinda. Sen
meni kechir. Sen faqatgina
uxlaysan xolos. Shirin uyquga
ketasan. Mendek gunohkor
onangni kechir. Endi uxla.
Chaqaloq: -Farishtam onam
qayerga ketdi? Farishta: -
Bilmadim, lekin sen o’ylama hozir
qaytib keladi. Chaqaloq: -
Farishtam senga nima bo’ldi?
Nega ovozing bunaqa?
Yig’layapsanmi? Oyijonimga
tezroq ayt kelsin. Bu yer juda
sovuq ekan sovqotib
ketyapman. Farishta: -Yo’q
toychoq, men yig’lamayapman
senga shunaqa tuyulgan shekilli.
Men hozir onagni olib kelaman.
Sen faqat uxlab qolma,
balandroq yig’la. Yig’la toychoq,
yig’la. Chaqaloq: -Farishtam axir onajonim uxla dedilar. Uxlashim kerak. Bu orada esa shu joyga yaqinroqdagi uylarning birida navbatdagi janjal. -Azizam, xafa bo’lmagin axir tirnoqqa zor faqat biz emasku. Bu dunyoda qanchalab oilalar farzand asrab olib, baxtu kamolini ko’rmoqda. Biz ham asrab olamiz faqatgina baxtimga sog’ bo’lsang bo’ldi. - Azizim, keling, negadir tashqariga chiqqim kelyapti. Yuring. Meni kimdir chaqiryapti. - Senga nima bo’lyapti, soatga qara. Qayoqqa? -Tezroq, tezroq boraylik. Bilmadim qayoqqa lek yuragim guppilab uryapti, qayoqqadir borishim kerak. Meni tushuning. Yuring. -Faqat sen uchun, mayli yuraqol.Uydan yosh oila chiqib yo’lak bo’ylab tez yura boshlashdi. -Azizam negadir, sen o’zingni ovora qilyapsan, qayaqa ketyatganingni ham bilmayapsanu. -Azizim xuddi kimdir qo’limdan tortib ketayotgandek.......... -Menga va’da ber ertaga hech ish qilmasdan uyda dam olasan. Tamom. Men vrachingga ham telefon qilib gaplashib qo’yaman
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6