Tuni bilan kõzim uyquga ketmas, xar xar zamon telefonimga qarab qõyardim. Gõyo Opam telefon qilib qolgudek edi. Yoq alloxga shukur bu kecha hech gap sõzsiz tinchgina uxladim.
❦❧ Asał✍
Tongi nonushta qilib turgan bir vaqtda sinfdoshim Karim chaqirib keldi. Aytishicha qizchasi isitmada yonib yotgan emish. Mashinasida benzini yoligi uchun mani yonimga kelgan ekan. Xaqiqatdan xam benzin tanqisligi uchun kõp mashina egalari mashinasida yurmas edi.Dõstimga Nima deyishni bilmadim. Kõnglimga kelgan gapni aytishga yuzim betlamadi. Rozi bõldim. U uyida mani kutib turishini aytgancha shoshib chiqib ketdi. Kiyimlarimmi almashtirib dostimning uyi tomon yõl oldim. Dõstim qizini kõtarib chiqdi. 5 yoshli qizaloq dadasining yelkasiga qaynoqqina boshini qoyib yotardi. Yo allox shu gal xam manga pand berga. Dõstimning qiziga õzing shifo ber deb alloxga iltijo qilib yõlga chiqdim. Dõstimning ayoli tinmay yig'lar, dostim esa alamini ayolidan olib g'inshib qoyardi. Yarim yõlga borgach qizcha umuman õzini yoqotib qoydi. Ishonmaysiz bir sõz demay faqat kalima qaytarib borardim. Xar gal noxushlik mashinamdan tushgandan sõng sodir bõlardi. Yoq naxot bu qizcha mashinam ichida Jon bersa. Kõzlarim shavqatsiz xayotning zarbidan qonga tõlgancha mashinani surib borardim. Ingrab turgan qizcha birdan tinim oldi. Daxshat u mashinam ichida xalok bõldi. Garchi uning xalok bõlganini bilib turgan bõlishsada taqdirga tan bermagan xolda dõstim tezroq xayda degancha baqirardi. Ayoli esa allaqachon xushini yoqotib qoygan edi. Dõstim dam ayoliga dam qiziga tez yordam korsatib borardi. Doktirga xam olib keldim. Oppoq xalat kiygan bir gruppa vrachlarning yarmi dõstimning ayolini olib, qolgan yarmi esa qizini olib kirib ketishdi. Yo rab naxot kunim shu balnisaga qatnash bilan õtsa. Dõstimning axvolini kõrib ozimmi qõlga olishga xarakat qilardim. Kõp õtmay doktirlar dõstimning qizchasi allaqachon õlganini, ayoli esa xali õziga kelaolmay yotganini aytdi. Erkak kishini bu darajada G'amga chõkkanini kõrmagan ekanman. Bechora dostimning xolatini tariflab berishga xam ojiz man. Uning by kunini xatto dushmanimga xam ravo kõrmasdim. Qizining murdasini majburan berishmadi. Aytishlaricha uni morkka olib tushishgan ekan. Kunni yarmiga ayoliga javob berib qizlarining murdasini olib ketishga xam ruxsat berishdi. Dõstimning uyida qizining marakalarini xamma uruf surflarini õtqizguncha õtirdim. Kech tushgach õzimizni qishloq choyxonasiga borib bõkkunimcha ichdim. Shu vaqt oyim telefon qilib qoldilar. Oyimning gaplaridan butun kaypim tarqab ketdi. Aytishlaricha Opam pochchammi tishlab olibdi. Pochcham bõlsa qizlaringni olib ketlaring deya telefon qilibdi. Naxot naxot man qõrqib turgan xodisa rõy bergan bõlsa. Qop qorong'u tor kõchalardan 100-120 tezlikda shongancha xaydab borardim. Shunda yõlimdan qandaydur bir lõli bola chiqib qoldi. Xayron qoldim. Axir yarim tunda bu mittigina yosh lõli bolasi Nima qilib yuribdi. Tag'in bir õzi. Adashib qoldimikin. Raxmim kuchlilik qilib mashina tormizini chirrilatguncha bosdim. Mashinadan tushdim qiziq xiligi bola kõrinmasdi. Yõlning ikki tomoni xam ochiq yer maydoni edi. Oyning yorug'i xamma yoqni yoritib turardi. Agar bola yening ichki tomoniga yoki yõlning u boshi tomon qarab ketganda xam kõrinib turushi kerak edi. Xayron qoldim. Kayfim oshib qolibdi shekilli deya qaytib mashinaga õtirdim. Uyga borib oyim va dadamni oldimda opamlarning uyiga qarab mashinani surdim. Borgach daxshatdan yoqa ushlab qildim. Opam pochchamning butun badanini tishlab qonatib tashlagan. Õzi esa qorong'u xonaga kirgancha eshikni ochmalaring deya qichqirardi. Uydan chiqib ketdim. Qachondan beri konglimga kelib yurgan mashinamni oyoqlarim bilan rosa tebpin yig'ladim. Olganimda orzuyim amalga oshganidan qanchalar xursand Edima. Qanchalar Baxtli edima. Shu temir matoxni olgan kunimdan boshlab oromim yoq. Boshim g'am anduxdan chiqmiydi. Bor zarbam bilan urib mashinamni bir ikki joyini pachoq xam qildim. Xali hech narsadan xabari yoq Onajonim xammasi taqdirdan ekanini , bu temir matoxni bizning xayotimizga umuman daxli yoq ekanligini aytib ovutardi. Opamni qutur kasaliga yõliqqanini faqat men bilardim. Buni aytish na qadar daxshat bolsada oyim bilan dadamga aytib opamni qõl oyog'ini bog'lab balnisaga olib ketdim. Tõyiga xali 20 kun bõlmagan kelinchak xayotning eng shirin damlarini kõrishi kerak bõlgan bir pallada qõl oyog'i bog'langancha maxsus palatada yotardi. Õsha tunni xammamiz mashina ichida õtqazdik. Yarim tunda kõzim ilinib qolibdi. Mashina derazasini kimdur tiqqilatgan ovozidan uyg'onib ketdim. Doktirlar bõlsa kerak deya turib qaradim. Hech Kim kõrinmadi. Shunda birdan mashinammi zadni tomonini kõrsatib turadigan oynadan bir bolani orqasini õgirib ketayotganiniga kõzim Tushib qoldi. Ne kõz bilan koriyki bu xaligi lõli bola edi u mashinamdan atigi tõrt qadam narida edi. Mashinadan otilib tushdim. U ketayotgan tomonga qarab daxshatdan yoqa ushlab qoldim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13