Bu xabardan sõng norasida gõdak nomiga duo qildim. Uyga qaytgach bõlgan gapni oyimga aytdim. Ularni xam kõngillari og'ridi. Nasibasi yoq ekanda bolam deb qõydila.
❦❧ Asał✍
Ertasi kun dadamni ishga oborib qõyishim kerak edi. Dadam savxozimizda tabilchi bo'lib ishlardila. Paxta terim mavsumi bõlganligi uchun dadamni paxta dalalaridan biriga eltib qoydim. U yerga borgach terimchilardan birini chayon chaqib olganini aytishdi. Uni tez doktirga olib bordim. Xullas bu ikkinchi kunim xam rasvo bõldi. Ertasiga opamning ota kõrdi degan marakasi bõldi. Toza kelinchak Opam kuyov bõlmish Pochcham va bir qancha qarindoshlari bilan kelishdi. Marakani yaxshigina õtqazib oldik. Xamma Uy uyiga ketdi. Opam va pochchammi kechda ukasi eltib qoyadi deya oyim uyga olib qoldila. Oyimni xam tushinaman qizlarini ancha sog'ingan. Xullas kech xam tushdi. Ularni olib uylariga tomon yõlga tushdim. Qosh qoraygan, qorong'u xam Tushib qolgan edi. Opam birdan kõngli ayniyotganini aytib qoldi. Odatda ilgari bunaqa bõlmasdi. Mashinani yõlning bir chetiga saqladim. Opam Pochcham bilan Tushib ketishdi. Mashinada bir õzim qoldim. Ularni kutib turarkanman yõlning narigi chetidan kimningdur yig'lab turgan ovozi eshitildi. U tomonga bordim. Ne kõz bilan qarayki qõshnimiz Sardor isimli bola įngrab yotibdi. Nima ekan uni kuchuk tishlab olibdi. Kõtarib olib keldim. Mashinaga yotqizib qoydim. Bu orada Pochcham va Opam xam kelishdi. Ularni uylariga eltib qoydimu dar xol sardorni doktirga olib bordim. Uni tez yordam bõldimiga Ob kirib ketishdi. Uydagilariga telefon qilib bor gapni aytdim. Uyga keldim. Rosti bu noxush voqealar dan juda charchadim. Shuncha orzu qilib birta mashina olsamu hech bir kõnglim kõtarilmasa. Bir ikki kun õtgach tog'amning õg'li uyimizga kelib qoldi. U bilan ancha vaqtgacha suhbat qurib õtirdik. Yoshi man bilan teng , yoshlikdan birga katta bolganmiz. Xar xolda 4 yildan beri kõrishmadik. Gap orasida man yoqtirgan qiz xaqida aytib õtdi. U qiz togamlarning xamsoyasi edi. Aytishicha u bugun mani kechda xar doim uchrashadigan joyda kutarmish. Xa kelganimdan beri tõy tashvishi, uni ustiga bunaqa g'alvolar bilan u xaqda õylashga xam fursat bõlmagandi. Kech tushgach Tog'amni õg'li bilan borishga qaror qildim. Ikkalamiz ularning maxallasi sari ketdik. Tog'ammi oglini yõl boshida tushirdim. Õzim bo'lsa qizcham bilan uchrashadigan joyga ketdim. Borsam hech Kim yoq. Mashina ichida uni kutdim. Va nixoyat u uzoqdan kõrindi. U bilan kõrishdim. Ochigi rosa sog'ingan ekanman. Sal õtmay u uyiga qaytishini bugun dadasi toshkentdan kelishini aytdi. (Dadasi toshkentda ishlar va xaftasiga bir kelib ketardi). Uni kuzatib õzim xam yõlga chiqdim. Xamma yoq qop qorong'u. Birdan mashinamdan qõngiroq ovozi eshitildi. Chõchib ketdim. Chunki mani telefonimmi ovozi bunaqa emasdi. Qarasam qizcham telini unitib qoldiribdi. Ortga qaytdim. Endi unga qanday qilib telefonini qaytarishni bilmasdim. Uylari yoniga kelib turdim. Bir payt ularning uyi ichidan shovqin kõtarilib ketdi. Xayron qoldim. Alloxga yolvordim. Boshqa noxushlik eshitishga toqatim yoq edi. Birdan Barnoni ( qizchamni nomi ) oyisi kõzlarida yosh bilan tutoqib darvozadan yugurib chiqdi. Sochlari tõzilgan, rang rõyi bir axvolda. Ular uyiga yaqin joyda turganim uchun birinchi bõlib mani oldimga keldi. Bolam yordam bering qizimning ustiga qizigan yog' tabasi TÕKILIB ketdi. Yoq endi bunisiga chidaydigan axvolda emasdim. Chunki Barno bu oilaning yakkayu yagona qizi. Xullas uni xam olib balnisaga etdim. Barnoning yuz qismidan tortib to oyogigacha tõkilib ketgan yog' uni tanib bõlmas darajaga olib kelib qoygan edi. Qay dęvørga bosh urishni bilmadim. Kõzlarimga dunyolar tor bõlib ketdi. Uyga bir axvolda yarim tunda qaytdim. Ona baribir onada. Bechora oyim uxlamasdan mani kutib turibdila. Ularga hech Nima demay õz xonamga kirib ketdim. Kõchadagi ga'la g'ovur ovozidan uyg'onib ketdim. Tong õtib olamni quyosh nurlari yoritib turardi. Nima gap ekanini bilish uchun Kōchaga chiqdim. Qõshnimiz Sardorni oyisi yerga yiqilib yig'lar oyim va boshqa qõshni ayollar u kishini ovutib turibdi. Xayron qoldim. Bilsam Sardorni tishlagan it Qutirgan ekan. Sardorni endi maxsus palataga Ob õtishibdi. Qanaqadur xilorli palata emish. U yerga hech Kim qōyilmasmish. Becho ona kõkraklariga mushtlari bilan urganchga uvvoz solib yig'lardi. Oyim meni kõrib nonushta tayorlab berish uchun men tomon keldi. Uyga ikkalamiz kirib ketdik. Zaftrik qilib turib oyimning bir gapidan sapchib tushdim. U yuqimli kasal ekan. Axir uni man balnisaga oborib qoydim. Uni ustiga it tishlari tilimlab tashlagan joylaridan oqayotgan qonlarni Opam õz rõmolchasi bilan artib turgandi. Yo endi bunisi daxshat. Õylaganim sari kõzlarim õz xonasidan chiqayozgudek bõlib ketardi. Oyim meni axvolimga qarab qotib qoldi. Oyimga Nima deyishimmi bilmadim. Mani qornim tõydi deya õrnimdan turib õz xonamga ketdim. Naxot bu yurtimga kelib xam konglim kõtarilmasa. Tug'ilganlarimga pushaymonlar yedim. Togrisini aytsam yigit bõlaturib xam yig'ladim axir bu qanaqa xayot. Boshim g'alvadan chiqmasa qilgan gunoxlarimni hisoblashga kirishdim. Birovga yomonlik qilgan joyimmi topmadim. Yoki bu manga berilayotgan alloxning sinovlarimikin deya õzimmi õzim yupatdim. Lekin ertangi kunim bundanda achinarli bõlishini man qayoqdan bilibman deysiz .(Davomi bor)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев