Xamma orzu qilgani kabi men xam õz mashinam bõlishini xoxlab, qancha yillar õzga yurtlarda sarson sargardon kezib yurdim. Bu yosh boshimga ne ne azoblarni kõrmadim deysiz. Musofirchilikda qay axvollarda ishladim.
❦❧ Asał✍
Yurt sog'inchi, ota onam , qon qarindosh sog'inchi meni butkul adoyi tomom qilardi. Orzuyimga erishish maqsadida yõlimdan chiqqan xar qanday ishni bõynimga olib bajarib ketaverardim. Yõl chetlaridagi musurlarni terardim. Ruslar buni darojnik deyishardi. Kechda esa mayda chuyda magazinlarda uxlamay qorovullik qilardim. Xullas xar bir ishga tayyor turardim. Oz muddatda kõprøq ishlay deya tirishardim. Yurtimga qaytganda bu azoblar roxatini kõraman deya õzimni ovutardim. Xamma qotiri õzim pishirib õzim yuvardim. Oilada birta õg'il va uch qiz edik. Meni uyda yeru kõkka ishonishmasdi. Ustim toza, qornim tõq, mexribonlarim yonimda xullas eng baxtli inson bõlgan ekanman õz yurtimda. Buni xamma qatori musofirchilikda bildim. Xullas 4 yil davomida tinim bilmay ishladim. Ozmi kõpmi pul yig'dim. Ikkinchi opamni chiqarishmoqchiliklarini, endi uyga qaytishimmi oyim tinmay takidlardi. Balki vaqti keldi deya õz yurtim tomon yõl oldim. Opamning tõyini xam yaxshiga õtqazib oldik. Endi orzuyimdagi mashinani olish uchun pullarimmi hisob kitob qildim. Pulni chõg'i man kutgandan ancha oz edi. Oyim bõlsa yoshga tõla kõzlarini menga qaratib "Kechir bolam opangni tõyiga ozrog'ini sarfladik" deb turardi. 4 yil chekkan azoblarim bir bir kõzim oldidan õtdi. Kozlarimdan chaqin tezligi kabi xõrsinishga tõla alam yoshlari oqardi. Xayot õzi shu ekan. Naxot 4 yil ishlab birta mashina olaolmasam. Yõq kõcha kuyda qanday bosh kõtarib yuraman. Uni ustiga mashinasiz biror bir dõstim qolmagan. Ular bilan qanday bir davrada õtirib turaman. Bu õylar bilan hech bõlmaganda xaydalgan mashina olishga qaror qildim. Bir ikki mashinani yaxshi tushinadigan dõstimni olib mashina bozori tomon yõl oldim. Pul bõlsa changalda shõrva deb shunga aytishsa kerak. Bozorda kõzni qamashtirib bir biridan ajoyib mashinalarni sotish uchun terib qoyishgan edi. Bozorni kezib yurib bir spark mashinasi bizni õziga jalb qildi. Yili xam 2014 yangigina. Lekin Egasi sotsamu qochsam degande juda arzon narxni aytib turardi. Do'stlarim bilan mashinani xammayog'ini tekshirdik. Ajoyib salonlari xam yappa yangi. Uni xaydab xam kõrdik tortishiga gap yoq. Uni ustiga sotuvchi aytgan narxni mani kistam kõtarardi. Dõstlarim esa bu narxda bunday mashinani sotayotganidan xayratda ekanini, bu yerda bir gap bõlishi kerakligini aytardi. Men ularni xasadchiga chiqardim va mashinani olishga qaror qildim. Xullas barcha rasm rusimlarni qilib mashinalik bõldim. Õsha kundan boshlab õz boshimga g'alva ortirdim. Kechda mashinani yuvish uchun dõstlarim bilan bir kafeda õtirdik. Kecha ajoyib otdi. Xammamiz Uy uyimizga tarqadik. Uch dõstim mashinasini boshqara olmas darajada ichkilik ichib mast bõlgan edi. Mashina yaqinda olganim uchun man ichmadim. Dõstlarimmi Uy uylariga tashlab qoydim. Oxirgi dõstimmi uyiga borganda uning oyisi "Seni bizga xudoni õzi yubordi. Dõsting ota bo'lish arafasida bu bo'lsa ichib yuribdi. Bolam kelinimmi doktirga olib bormadang bõlmaydi. Õg'limmi axvoliga qara deb qoldila. Man bo'lsa darxol rozi bõldim. Axir dõstim mani xursandchiligimga sherik edi. Xullas biz yõlga chiqdik. Dõstimning oyisi mani tabriklab, birinchi kundayoq savob yõlida ishlayapsan bolam deb quvontirib qõydila. Raddomga xam yetib keldik xammalari dõstimmi ayolini olib kirib ketishdi. Sal õtmay Xamida xola (dõstimmi oyisi ) kõzida yosh bilan chiqib kęldį. Bolammi peshonasi shõr ekan pushti kamaridan bõlgan norasida gõdagi bu olam xavosidan bir kõkrak tortdi xolos. Man Nima deyishimmi xam bilmasdim. Asli bu g'alva xali man uchun xamir uchidan patir ekanini xam bilmasdim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3