Предыдущая публикация
Menimcha, sevgi deb hech kim o'lmagan.
Lekin yaralgandan beri bu dunyo,
Seni sog'inishdek azob bo'lmagan.
Sohta maddohlikning bari behuda,
Hamma ham g'amingni ko'rmaydi baham.
Qoshingni chimirib qaraganingda,
Yoqimli manglaying chiziqlari ham.
Qanchalar qadrdon bu yangi nigoh,
Ko'rdimmi - ko'ksimga mehr to'ladi.
Ismingni xotirdan chiqarish gunoh,
Hatto suratingni sevsa bo'ladi.
Jo'rabek Ramazonov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев