Ebola haemor
rhagic fever, EHF, lat. Ebola
febris haemorrhagica) – xavfli
virus bo’lib, unga chalinganlarning
50-90 foizi vafot etishi mumkin.
Tarihda ilk bor bu virus 1976 yilda
Sudan va Zoir(hozirgi Kongo
Demokratik respublikasi)
hududlarida qayd qilingan.
O’shanda Sudanda 284 kishi bu
kasallikka chalingan bo’lsa,
ularning 151 nafari vafot etgan
edi. Zoirda esa kasallikka
chalingan 318 kishining 280 nafari
hayotdan ko’z yumgan. Kasallik ilk
bor Ebola daryosi sohillarida qayd
qilingani bois ebola nomi bilan
ataladi.
Ebola virusi bilan asosan odamlar
va maymunlar kasallandilar.
Pteropodidae oilasiga mansub
mevaxo‘r ko‘rshapalak
virusning tabiiy tarqatuvchisi
hisoblanadi.
Virusning geografik taqsimlanishi
ko‘rshapalaklar tarqalgan joylar
bilan mos tushishi mumkin. Ushbu
ko’rshapalaklar ba’zi xalqlarda
tansiq taom hisoblanadi. Virus
yashayotgan ko’rshapalak
go’shtini iste’mol qilish orqali
hayvon (ko’proq maymunlar) va
odamlar kasallikni ham yuqutirib
oladilar. Virus o’z navbatida
odamdan odamga qon, teri va
boshqa suyuqliklar orqali yuqadi.
Shuningdek, be’morning
zararlangan buyumlari ham
ushbu virusni tarqalishida
vositachi hisoblanadi.
Virus yuqtirgan bemorda qattiq
va to’satdan isitma ko’tarilib
ketishi, holsizlik, muskullarda
qattiq og’riq turishi, bosh og’rishi
va tomoq og’rishi kuzatiladi.
Keyinroq esa ko’ngil aynishi, ich
ketishi, jigar va buyrak
faoliyatidagi buzilishlar va ba’zi
hollarda ichki va tashqi qon
ketishi boshlanadi. Bu virusga
qarshi samarali vaksina yoki aniq
bir davolash metodikasi mavjud
emas. Virus boshqalarga
tarqalmasligi uchun bemor
alohida honada saqlanadi va faqat
belgilangan doktor yoki
hamshiralargina bemorni nazorat
qilib turadilar. Bemorga ko’proq
suyuqlik (oz-moz shirin yoki
sho’r) ichirib turiladi.
Ebola shu yil fevralda Gvineyada
paydo bo’lib, keyinchalik Syerra-
Leone va Liberiyaga tarqalgan
edi. Mazkur mamlakatlarda
faoliyat yuritayotgan
insonparvarlik tashkilotlarning
xodimlari va mahalliy shifokorlar
mutaxassislar yetishmasligi va
zarur himoya vositalari yo’qligi
sababli vaziyat ustidan nazorat
yo’qolib borayotganini
ta’kidlashmoqda.
Hozirda yuqumli kasallik oqibatida
halok bo’lganlar soni mingdan
oshib ketdi. Ikki mingga yaqin kishi
ushbu xastalikka chalingani
aytilmoqda.
Britaniyalik professor Djon
Eshton farmatsevtika
kompaniyalarini ebolaga qarshi
vaksina ishlab chiqishga
shoshilmayotganlikda ayblab
chiqdi. Biroq AQSH Sog’liqni
saqlash milliy institutlari
tashkiloti vakilining so’zlariga
qaraganda, mamlakat olimlari
ebola virusiga qarshi vaksina
ishlab chiqqan. U shu yil sentyabr
oyida bemorlarda sinovdan
o’tkaziladi. Ma’lumotlarga
qaraganda, dorining sinovi
hayvonlarda ijobiy natijalarni
bergan.Ushbu preparatni yaratish
ustida bir necha yildan beri ish
olib borilayotgan edi. Merilend
shtatidagi Allergiya va yuqumli
kasalliklar milliy instituti direktori
Entoni Fozi bemorlarda sinalgan
vaksina kelasi yilda samara
berishi mumkinligini ta’kidladi.
Mutaxassislar xavfli virusdan
davolanishning imkoniyati yo’qligi
sababli emas, balki mahalliy
aholining ehtiyotsizligi va
o’ylamay tashlayotgan qadamlari
tufayli ham xastalik odamlarni
hayotdan olib ketayotganini
aytishmoqda. Masalan, Liberiyada
kasalxonaga yotqizilgan bemorlar
ommaviy ravishda qochib
ketmoqda. Vafot etganlarni esa
xavfsizlik qoidalariga amal
qilmasdan, mahalliy urf-odatlarga
ko’ra dafn etishmoqda. Ushbu
xalqlarda mahalliy udumlarga
ko’ra, dafn marosimida vafot
etgan yaqinlarini o’pib,
quchoqlaydilar. Natijada esa
kasallikdan vafot etgan kishidan
virus sog’lom kishiga o’tmoqda.
Virus g’arbiy Afrika mintaqasidan
boshqa qit’a va davlatlarga ham
o’tish ehtimolidan xavotir
olinmoqda. Sharqiy Afrika
mamlakatlari ebolaning
mintaqaga kirib kelishiga yo’l
qo’ymaslik maqsadida xavfsizlik
choralarini kuchaytirmoqda. Gap
bu o’rinda asosiy transport
chorrahasi bo’lmish Keniya va
Efiopiya haqida bormoqda. Keniya
favqulodda vaziyatlar markazi
tarqatgan bayonotga qaraganda,
mamlakatning havo va dengiz
portlarida tibbiyot xodimlari
nazorati kuchaytirilgan tartibda
ishlamoqda. Ular yo’lovchilarni
diqqat bilan tekshiryaptilar.
Afrikadagi eng yirik ASKY
aviakompaniyasi ebola
epidemiyasi o’chog’i bo’lmish
Liberiya va Syerra-Leonega
amalga oshiradigan barcha
parvozlarini bekor qildi.
Shu o’rinda dunyoning barcha
mamlakatlarida ushbu virusning
tarqalib ketishi oldi olinayotganini
ta’kidlash joiz. Jumladan,
O’zbekistonda ham bu borada
zarur chora-tadbirlar belgilangani
xavotirga o’rin qoldirmaydi.
Manba: Wikipedia.org , turfaolam.com
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1