Kimgadir baxt kulib kimgadir kulmas
Goh shodlik gohi g’am hech kami to’lmas
Bir chimdim mehrni qizg’angan otam.
Gunohim bilmadim, bilmadim aybim
Bolalikdan tuydi armonni qalbim
Murg’akkina jonda Siz erur dardim
Ko’nglimga armonni to’ldirgan otam.
Ba’zilar farzandga zor-u intizor
Yig’lagim keladi ko’z yoshim bisyor
Sizni kechirmayman zinhor va zinhor
Mening ko’zlarimni yoshlatgan otam.
Lablarim titranib pichirlar “Yo Rab”
Ketdi-ku o’z qizin o’ksitib, xo’rlab
So’rayman o’zimga bardoshni tilab
Farzandim deyishni or bilgan otam.
Sizga yomonlikni tilamam also
Bir baxtimni ko’rib bo’lingiz ado
Gunohlar qolmaydi hech ham bejazo
O’zga bir ayolni yor bilgan otam.
Atrofimda barcha barcha parvona
Kimnidir izlaydi ko’zim giryona
Nahot etib ketdi meni begona
Tirik nomim tirkagan otam.
Onajonim aytar o’ksinma qizim
Mag’rur bo’b Xudodan so’ragin to’zim
Ko’nglimga jo qilgum ularning so’zin
Volidam ko’zlarin yoshlatgan otam.
Bir qatra mehrni ololmay Sizdan
Zo’z bazo’r tiyarman yoshlarni ko’zdan
Og’rinmang bu so’zdan, ojiza qizdan
Dunyoga nafratim uyg’otgan otam.😢😢😢😢😢
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев