qotgan insonlarni ham
ko'zlariga
yosh kelishi shubhasiz.
Muhammad samalyotga chiqdi.
Stulini to'g'rilab "omonlik" kamarini taqdi.. U kuchli,
baquvvat, robbisidan uzoq
bo'lgan yigit edi.. Samalyot
uchdi.. Muhammad Amerika
qo'shma shtatlarida
o'tkazadigan safari rejalarini tuzishni
boshladi.. Tungi klublar,
raqqosalar-u turli tuman
"ichimlik"lar bilan mazza qilib
dam oladi.. Xar xil qizlar bilan
tanishadi, ular bilan ajoyib vaqt o'tkazadi..
Samalyotda
uchish
vaqtini shunday o'ylar-u
vaqtini
qanday o'tqazish haqidagi
rejalarni tartiblash bilan o'tdi.. Xayolidan bir lahzaga
bo'lsa
ham unga shu kuch- quvvatni
bergan
xar lahzada olib qo'yishi
mumkin
ekanligi o'tmas edi.. Amerikaga yetib bordi, bir uy
ijaraga olib
narsalarini qo'ydi.. Kechalari
bamdodgacha bedorliklar,
shomgacha uyqular boshlandi..
Azon ovozi necha martalab
qulog'iga kirardi yon- atrofdago
ozginagina musulmonlarni
namozga chaqirardi.. Lekin u
bu chaqiruv musulmon bo'lgani
uchungina unga qarashli
ekanligi haqida o'ylab ham ko'rmasdi..
Ko'p pullarini turli ichimliklarga
sarfladi.. Yon-atrofida nimalar
bo'layotganini idrok qila
olmaydigan darajada mast
bo'lib yurdi.. Muhammad O'zi haqida
hikoya qilib aytadi.: O'sha kun
kelguncha hayotim shu tarzda
o'tib turdi. O'sha kech chiroyli
qizlar bilan to'lib toshgan
klublardan biriga kirdim, navbatdagi qadahni olib icha
boshladim.. Alloh Ta'alo aroqni
harom qilganini bilardim..
Lekin shahvatim hamma
narsani esimdan chiqazgandi..
Uzoqdan bir maftunkor qiz menga
qaradi
va sekin yonimga keldi..
Qarashlarida sevgi va
muhabbat bor edi.. Yonimga
kelib menga yanayam yaqinlashdi va
jasadini
quchog'imga tashladi.. To'g'ri
Allohga ko'p osiylik
qilganman.. lekin o'sha vaqtda
hissiyotlarim doimgidan boshqacha edi.. Uni
yuz tuzilishi arab ekanligini
aytib
turardi.. Birdan arab tilini buzib:
"Sen arabmisan?" - dedi. - Ha..
Men ham, lekin shu yerda tug'ilib o'sganman, menda
Amerika pasporti bor.. Isming
nima? - Muhammad..
- Bu ismni yomon ko'raman. -
Nega?
- Chunki men nasroniyman.. Qaltirab ketdim.. Uni
islomga
da'vat qilish haqidagi o'y
hayolimdan o'tdi.. Lekin
bunday
o'y qalbimni qoplab olgan
shahvatlar oldda ta'sir o'tkza olmasdi.. Jilmayib
mavzuni
o'zgartirdim. - Raqsga tushishni
yaxshi
ko'rasanmi?
- Ha.. Birga uzooq vaqt raqsga
tushdik.. Undan menikiga borishini ko'p
martalab so'radim, lekin u rad
etdi.. O'sha kecha bir o'zim
uyga
qaytdim.. Ko'z o'ngimdan uni
surati ketmasdi.. Qalbim Allohdan
yiroqligi uchun juda ham
zaiflashib ketdi..
Ikkinchi.. Uchinchi tunlar ham
shunday o'tardi. Qalbda unga
bo'lgan sevgi va ehtiroslar oshib borardi..
Oxiri fojea yuz berdi.. Bir kun
unga: - "menikida qolishingni
hohlayman" - dedim..
- Meni roziman!. Faqat mana
buni taqishliging sharti bilan!.. Deb
cho'ntagidan o'rtasida
kichkinagina xoch osilgan
zanjir
chiqazdi..
Ga'lati hislar meni qamrab oldi.. To'g'ri Allohdan
uzoqman..
To'g'ri namoz o'qimayman..
Lekin men MUSULMONman-ku..
Baribir
unga bo'lgan sevgi hamma
narsadan ustun edi.. Jilmayib undan zanjirni olib
bo'ynimga taqdim..
Aybdordek..
Asirdek. ajablanib "vaav senga
judayam
yarashdi" dedi. - Bu mendan senga hadiya,
bundan keyin men bilan uni
taqmasdan uchrashmaysan..
Deb
shart qo'ydi.. U bilan tunlar
lazzatli go'zal o'tardi.. Shayton menga uni
ziynatlab ko'rsatardi.. Bir kuni
men bilan bo'lishdan
bosh tortdi.. Men unga judayam
muhtoj ahvolda edim.. Pul bilan
anu ko'ndirishga harakat qildim..
- Yo'q!! To'g'risini aytsam
masihiy bo'lshingni hohlayman,
dedi.
Ey Alloh!! Ey Alloh!! Bu nimasi
endi?!! Qalbimdan hayajon va hayratga to'lib:
- Bo'lishi mumkin emas!!
dedim..
- Meniyam bundan keyin sen
bilan yurishim bo'lishi mumkin
emas!! dedi.. Shayton ustimdan kulishni
boshladi. "Roziman" degin
senga
zarar qilmaydi, "Islomdan
chiqdim" senga hech qanday
zarari tegmaydi va mana bu qiz
seni rohatlantiradi.. Deb
vasvasa
qilardi.. Ertasi kuni u yana
keldi. Yanayam ochilib yanada
chiroyli bo'lib ketgan edi.. Menga
yaqinlashdi yuzini yuzimga
yaqin
qilib:
- Bag'ritosh, sevgini his
etmayapsanmi?! Bu so'zlar meni
jozibaladi hattoki yiqilib ketay
dedim..
- Ha! Bo'lmasa nima meni
senga
yopishib olishimga sabab bo'ldi?!
- Unda, nasroniy bo'lishlikdan
seni nima to'syapti? Agar
nasroniy bo'lsang senga
turmushga ham chiqaman!
Mana shu yerda... O'zimni yo'qotib qo'ydim..
Musulmon
ekanligimni unutdim.. Ismim
Muhammad ekanligini ham
unutdim.. Payg'ambarimiz
Sollallohu alayhi va sallam
ismlari... Boshlang'ich maktabdaligimda bamdod
namoziga uyg'otuvchi otamni
unutdim.. Yarim tunda uyga
kirib
kelganimda doimo menga
hidoyat so'rab duo qiladigan onamni ham unutdim..
O'zligimni ham unutdim.. Sevgi
va havoi
nafsning quliga aylandim.. U
bilan
birga bordim.. Sochimni oldirib nasroniy bo'ldim..
Hayotimda
birinchi marta cherkovga
kirdim..
Hech qanday hissiyotlarsiz
yig'lardim.. Cherkov
eshiklaridan kirarkanman ko'z yoshlarim
yuzimni yuvardi.. Allooh!! Shu
uzun hayotdan
keyin
kofir bo'lamanmi?! Jazoim
nima bo'ladi?? Do'zah!! Allohdan
qo'rquvim qani?? Hayoim
qani??
Dinimga muhabbatim izzatim
qayerga ketdi?? Hamma
hammasi o'ldi.. Undan keyin ijaraga
olgan uyimga jinnidek
qaytdim.. Kal
boshimni silab o'zimga o'zim:
- Nima qilib qo'yding
Muhammad?? Muhammadning dinini tark etdingmi?
derdim..
Eshikni yopib olib ko'p
yig'ladim..
Shayton kelib yana ustimdan
kulardi.. "Orqaga yo'l yo'q!!
Endi sen kofir bo'lding!! Kofir bo'lib
o'lasan!! Do'zahga kirasan!!
derdi.. Buvamni namozga azon
aytishlarini esladim.. Doimo
xonamda turadigan Qur'on
kitobimni esladim.. Ohh.. Doimo
menga: "Muhammad yomon
xotimadan ehtiyot bo'l!!" deb
nasihat qilguvchi do'stimni
esladim..
- Yo'q ey robbim, yo'q ey robbim!! deya baqira
boshladim.. Yo'q hozir jonimni
olma!!
Islomga qaytaman!! Qur'onga
qaytaman!! Namozga
qaytaman!! Hammomga kirib o'sha zanjir
va xochni xojatxonaga
tashladim..
G'usl qilib tozalandim.. O'zimni
hamma gunohlarimdan xalos
bo'lgandek yeengil his etdim.. Ko'z yoshlarim tinmay
"Ashhad
alla ilaha illalloh va ashhadu
anna
Muhammadan rosululloh"
dedim..
Allooh qandayam go'zal so'zlar..
Hamma baxt va
xursandchiliklar kaliti.. Ey
robbim men senga
qaytyapman!! Men namozga
qaytyapman!! Ota-ona rizoligiga
qaytyapman!! Men silatur
rahimga qaytyapman!!
Ramazon
ro'zasiga qaytyapman!! Men
seni rozi qilguvchi hamma narsalarga
qaytyapman robbim!!
Vatanimga olib boruvchi
birinchi
samalyotni minib yurtimga
qaytdim. Aeroportga tushganda
eng birinchi eshitganim azon
ovozi edi.. O'z irodamsiz ko'z
yoshlarim oqdi.. Robbim meni
kechirarmikin??
Uyga kelishim bilan onamni quchoqlariga o'zimni otib
yig'ladim.. - Onajon endi
robbimga osiy
bo'lmayman!! Sizni xafa
qilmayman!! Sizdan uzoqqa
ketmayman!! Meni bag'rilariga bosib:
- Bolajonim Robbin bilan
munosabatingni to'g'rila!! U
albatta kechiradi chunki u
rahmli
va mehribon zotdir!! dedilar.. Kunlar o'tdi..
Muhammadning
holi baxtdan baxtga
xursandchilikdan
xursandchilikka almashib
borardi.. O'sha safarini xar
eslaganida ko'z yoshlari ko'zlaridan qurimasdi.. Onasi
tunning har qanday vaqtida
uning xonasiga yaqinlashsa
yig'i va ingrash. Ertalablari esa
Qur'on
tilovati va istig'for ovozlarini eshitardi.. Bir kun keldi..
Bamdod
namoziga
uyg'otish uchun onasi xonasiga
kirdi.. Eshikni ochganida
burniga qandaydir ajoyib shirin bir hid keldi.. Bunday
go'zal
hidni oldin
hech hidlamagandi..
Muhammadni yotog'ga
yaqinlashib qo'li bilan silab
ko'rdi. U joyida yo'q edi. Zaif ko'zlari bilan qarasa
joynamoz
ustida sajdada ekan.. O'tirib
kuta
boshladi. Uzooq kutdi. Sekin
yaqinlashib chaqirdi..
- Muhammad, bolam! deb sekingina turtgan edi
Muhammad bir tomoniga
yiqildi..
Onaizor hayratllandib uy ahlini
chaqira boshladi..
- Bolalar hoy uy ahllari qaranglar ukangiz
Muhammadga.. Unga
yaqinlashib qimirlatib
ko'rishdi.. Allooh
- Onajon Muhammad o'ldi..
Joynamoz ustida, sajda qilgan holda o'ldi.. Ona
shunda eshikni
ochganida
burniga kelgan go'zal hid
Muhamadning pok ruhini hidi
ekanligini his etdi..
Alloh hech birimizni Adashtirmasin!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1