Предыдущая публикация
o'yipman,
Yo jonimdan o'zim to'yibman,
Bu nebalo, bu neqiyomat,
Yori borga ko'ngil qo'yibman. Suv ichsam ham menga may tatir,
Tilmas ko'zim dardim aytadur,
Bu dardimga darmon qaydadur,
Yori borga ko'ngil qo'yibman. Bir oshiqman qalbi vayrona,
Hol so'ramas mendan janona,
Rashk o'tida yonib pinhona,
Yori borga ko'ngil qo'yibman. Jon o'rtanur ishqi qafasda,
Oq hasadu, oppoq havasda,
Yorni derman har bir nafasda,
Yori borga ko'ngil qo'yibman. Devona deb atashgan menman,
Nigohlari qamashgan menman,
Rohatidan adashgan menman,
Yori borga ko'ngil qo'yibman.
Ilyos SHomonsurov ....!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев