Qara, bugun daraxtlar gullabdi… Qayta gul ochibdi nafis g‘unchalar… Biz yurgan yo‘llar, ko‘cha, hiyobon… Bir vaqtlarnikidek sevishganlar bilan to‘la. Seni sog‘indim, yonimda bo‘lishing istayman shu dam. Lekin, lekin… Qanday afsus, sen endi yo‘qsan…Gullarni juda-juda yaxshi ko‘rarding… Har gal ko‘rishganimizda yo‘ldanmi, do‘kondanmi yoki hech bo‘lmagada, ko‘cha chetida qip-qizil bo‘lib gullab yotgan atirgullardan bir donaginasini senga olib borardim… O‘shanda sening tabassuming, kulganingda chiroyingga chiroy qo‘shib turguvchi kulgichlaring hayollarimni alg‘ov-dalg‘ov qilib, yuragimning parcha-parchasigacha sening ishqingni o‘yib yozardi… Yana o‘sha tanish gul do‘koniga burildim-u ma’yus ortimga qaytdim. Chunki, chunki… Qanday afsus, sen endi yo‘qsan…
Ishlarimdagi muammolar, hayot tashvishlari, begona bir vaxshiy kimsalar bilan bo‘lgan suhbatlardan qolgan ruhiy azoblardan qiynalganimda; Qachon bo‘shaysan, seni bugun ko‘rishim kerak,
...ЕщёQara, bugun daraxtlar gullabdi… Qayta gul ochibdi nafis g‘unchalar… Biz yurgan yo‘llar, ko‘cha, hiyobon… Bir vaqtlarnikidek sevishganlar bilan to‘la. Seni sog‘indim, yonimda bo‘lishing istayman shu dam. Lekin, lekin… Qanday afsus, sen endi yo‘qsan…Gullarni juda-juda yaxshi ko‘rarding… Har gal ko‘rishganimizda yo‘ldanmi, do‘kondanmi yoki hech bo‘lmagada, ko‘cha chetida qip-qizil bo‘lib gullab yotgan atirgullardan bir donaginasini senga olib borardim… O‘shanda sening tabassuming, kulganingda chiroyingga chiroy qo‘shib turguvchi kulgichlaring hayollarimni alg‘ov-dalg‘ov qilib, yuragimning parcha-parchasigacha sening ishqingni o‘yib yozardi… Yana o‘sha tanish gul do‘koniga burildim-u ma’yus ortimga qaytdim. Chunki, chunki… Qanday afsus, sen endi yo‘qsan…
Ishlarimdagi muammolar, hayot tashvishlari, begona bir vaxshiy kimsalar bilan bo‘lgan suhbatlardan qolgan ruhiy azoblardan qiynalganimda; Qachon bo‘shaysan, seni bugun ko‘rishim kerak, seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas, deb senga SMS jo‘natishni xohlayman. Javobida esa; Anhor bo‘yida sizni kutyapman, sizga deb shirinlik ham olgandim, tezroq kelmasangiz hammasini kabutarlar yeb qo‘yishadi, deb yozishingni shunchalik istaymanki… Xatto bularning barcha-barchasi endi armon ekanligini ham unitib qo‘yaman… Axir, axir… Qanday afsus, sen endi yo‘qsan…
Eslaysanmi? Bahor chog‘i edi, go‘yo issiq kunda sevgimizning hovurini bosishni istagandek to‘satdan yomg‘ir quyib yuborgandi. Pana izlab bir do‘konga kirgandik, do‘kon egalari bo‘lmish keksa sevishganlar; Muhabbat bilan bog‘langan ikki dil hech qachon ayrilmasliklari kerak, deb bizga bitta soyabon berishgandi. Lekin, afsus… Har doim ham biz xohlagan orzular ushalavermaydi… Bugun ham yomg‘ir ostida, o‘sha soyabon panasida turibman. Balki, balki… Sen ham yonimga kelarsan…
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 2
Ishlarimdagi muammolar, hayot tashvishlari, begona bir vaxshiy kimsalar bilan bo‘lgan suhbatlardan qolgan ruhiy azoblardan qiynalganimda; Qachon bo‘shaysan, seni bugun ko‘rishim kerak,
...ЕщёQara, bugun daraxtlar gullabdi… Qayta gul ochibdi nafis g‘unchalar… Biz yurgan yo‘llar, ko‘cha, hiyobon… Bir vaqtlarnikidek sevishganlar bilan to‘la. Seni sog‘indim, yonimda bo‘lishing istayman shu dam. Lekin, lekin… Qanday afsus, sen endi yo‘qsan…Gullarni juda-juda yaxshi ko‘rarding… Har gal ko‘rishganimizda yo‘ldanmi, do‘kondanmi yoki hech bo‘lmagada, ko‘cha chetida qip-qizil bo‘lib gullab yotgan atirgullardan bir donaginasini senga olib borardim… O‘shanda sening tabassuming, kulganingda chiroyingga chiroy qo‘shib turguvchi kulgichlaring hayollarimni alg‘ov-dalg‘ov qilib, yuragimning parcha-parchasigacha sening ishqingni o‘yib yozardi… Yana o‘sha tanish gul do‘koniga burildim-u ma’yus ortimga qaytdim. Chunki, chunki… Qanday afsus, sen endi yo‘qsan…Ishlarimdagi muammolar, hayot tashvishlari, begona bir vaxshiy kimsalar bilan bo‘lgan suhbatlardan qolgan ruhiy azoblardan qiynalganimda; Qachon bo‘shaysan, seni bugun ko‘rishim kerak, seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas, deb senga SMS jo‘natishni xohlayman. Javobida esa; Anhor bo‘yida sizni kutyapman, sizga deb shirinlik ham olgandim, tezroq kelmasangiz hammasini kabutarlar yeb qo‘yishadi, deb yozishingni shunchalik istaymanki… Xatto bularning barcha-barchasi endi armon ekanligini ham unitib qo‘yaman… Axir, axir… Qanday afsus, sen endi yo‘qsan…
Eslaysanmi? Bahor chog‘i edi, go‘yo issiq kunda sevgimizning hovurini bosishni istagandek to‘satdan yomg‘ir quyib yuborgandi. Pana izlab bir do‘konga kirgandik, do‘kon egalari bo‘lmish keksa sevishganlar; Muhabbat bilan bog‘langan ikki dil hech qachon ayrilmasliklari kerak, deb bizga bitta soyabon berishgandi. Lekin, afsus… Har doim ham biz xohlagan orzular ushalavermaydi… Bugun ham yomg‘ir ostida, o‘sha soyabon panasida turibman. Balki, balki… Sen ham yonimga kelarsan…
Afsus, qanday afsus, sen endi yo‘qsan…