Kardiogramma natijalariga ko'ra, yuragingiz urishi o'zgargan. Bu o'zgarishga kasallik emas, kimdir sababchi.
ღ 2. Xayolan o'z familiyangizdan voz kechib, ismingiz "u"ning familiyasi bilan qanday jaranglashini takror va takror o'ylayverasiz.
ღ 3. Ijtimoiy saytlarga tez-tez kirib, "u"ning profillarida mehmon bo'lasiz. "U" haqdagi ma'lumotlarni uyqudaligingizda ham aniq aytib berasiz.
ღ 4. Har ehtimolga qarshi shkafingizdagi uchta eng chiroyli, bejirim ko'ylaklarni yuvib, dazmollab qo'ygansiz. Birinchi, ikkinchi va uchinchi uchrashuvlarga tayyor turishni ma'qul ko'rgansiz, shundaymi?
ღ 5. Melodramma janridagi filmlar, romantikaga boy asarlarga befarqligingiz qayerda qoldi? Endi esa ularni ertadan kechgacha tomosha qilishdan, o'qishdan charchamayapsiz.
ღ 6. Ijtimoiy saytlarda o'tirib, "u"ning ismi yonidagi on-line belgisi qachon yonishini kutishdan charchamasligingizga tasanno.
ღ 7. Sizga o'z ishi bilan qo'ng'iroq qilgan yaqin dugonangizga bir soat davomida faqatgina bir mavzu - "u" haqda tinmay gapirasiz. Xayrlashish oldidan esa aslida nimaga qo'ng'iroq qilganini so'rashingizga dugonangiz o'rganib qolgan bo'lsa kerak!
ღ 8. Har doimgidan ertaroq uyg'onib, pardoz, turmak va kiyimlaringizga ko'proq vaqt ajratayapsizmi? To'g'ri-da, axir "u"ni har daqiqada uchratib qolish ehtimoli bor.
ღ 9. "U" yoqtirgan musiqiy guruhning hamma qo'shiqlarini erinmay birma-bir eshitib chiqdingiz, to'g'rimi? Qoyil!
ღ 10. Nutqidagi har bir so'z, hattoki, "Salom" ham siz uchun xuddi xushomaddek tuyuladi.
ღ 11. Biror tadbir yoki kechada "u"ni uchratib qolsangiz, tinchingiz yo'qoladi. Siz tomonga qarashini intizorlik bilan kutasiz.
ღ 12. Uzoq o'ylab, aniq bir qarorga kelgansiz: tug'ilgan kuniga, Yangi yil bayramiga va tanishgan kuningizning bir yilligiga nima sovg'a qilishni rejalashtirib qo'yganingizga ancha bo'ldi.
ღ 13. Qisqagina suhbatingiz davomida "Ko'rinishim qanday?" degan savol miyangizda tinimsiz aylanishidan hayronmisiz?
ღ 14. Jurnal yoki gazetani qo'lga olishingiz bilan, eng avvalo, munajjimlar bashoratidan uning burjiga ko'z yugurtirib, o'zingizniki bilan bog'laysiz.
ღ 15. Sevgi-muhabbat borasida gap ketganda, dugonalaringizning "oh-voh"lariga ensa qotirib o'tirishlaringiz qayerda qoldi?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев