futbolchilarni tanishtirishni boshlaymiz
Assalomu Aleykum aziz fantadoshlar.
Bugun yakshanba dam olish kuninggiz
maroqli va yodda qolarli o'tishini tilab
saytimizda yangi loyiha boshlanganini
e'lon qilmoqchimiz
Ushbu loyihada transfer oynasi paytida
sotib olingan futbolchilar bilan yaqindan
tanishtirihsni niyat qilganmiz. Yartgan
boshlayotgan ishimizni hayrli qilishini
so'rab loyihamizni boshlaymiz.
Demak loyihamizni APL tarixidagi eng
qimmat harid bo'lgan futbolchi, "Real
Madrid" klubida qadriga etilmagan
futbolchi Anhel Di Mariyadan boshlashga
qaror qildik.
Hullas yaqin bir soat ichida siz fubolchi
haqida ko'p qiziq ma'lumotlarga ega
bo'lasiz. Shunday ekan saytimizdan
yiroqlashmang))))
Anhel Fabiyan Di Mariya Ernandez
Ushbu yoz tranfser oynasida
shokoladning eng shirin bo'lagi deya tarif
olgan va ko'pchilik grand klublar orasida
talash bo'lgan futbolchi vanihoyat
jamoamizda. 1988-yilning 14-fevral kuni
Argentinaning Rosario shahrida tavvalud
topgan futbolchi, oddiy oiladan bo'lgan.
Otasi Migel ko'mir ishlab chiqaruvchi
firmada Anhelning oyisi Diana bilan birga
oddiy ishchi bo'lib ishlardi. Oila hayot
uchun bazo'r pul topardi. Shu tufayli
Anhelning o'zi ham uning ikki opasi ham
ota-onasiga ko'mir konidagi ishda
yordam berardi.
Anhel futbol o'ynashni shifokor maslahat
bilan boshlagan. Shifokor Anhelning juda
katta energiyaga ekanligini va u buni
sportda sinab ko'rishini maslahat bergan.
Shunday qilib Anhel 7 yoshga to'lgach o'zi
yashaydigan shahar jamoasi "Atleiko El
Torito"da futbol o'ynay boshladi.
Yoshligidan oriq, cho'pak, skelet va
hattoki qariya deya mashara qilingan
futbolchida orzular ko'p edi. Ularning eng
oliysi u qaerda bo'lsa ota - onasi ham
o'sha erda bo'lishi edi. Anhelni
mashgulotlarga uning onasi Diana
o'zining velosipedida olib borib qo'yardi.
Otasi esa o'gilga doim avvalo maktabda
yahshi oq'ish kerakligini aytar edi. Anhel
futbolga qiziqa boshlab 9 yoshlarga
to'lganida ota onasiga bir kunni albatta
"Old Trafford"da "Manchester Yunayted"
libosida maydonga tushishini aytadi.
Unga chindan ham Angliya Premyer Ligasi
qolgan chempionatlardan ko'ra ko'proq
yoqar edi, uning sevimli jamoasi
"Manchester Yunayted"ekanligini esa
futbolchi 2009-yil "Benfika safida o'ynab
yurgan paytida aytadi, hususan bu haqida
keyinroq.
13 yoshga to'lgach futbolchi sayyi
harakatlari zoya ketmaydi va shaharning
asosiy jamoasi "Rosario Sentral"
jamoasiga 18 futbol topi evaziga ko'chib
o'tadi. 17 yoshdan boshlab esa futbolchi
ilk bor professional darajdagi
shartnomaga qo'l qo'ydi. Aynan shu
yoshda futbolchi o'z klubining asosiy
takibidan muqim joy ola boshladi. 18
ysohida futbolchi Kozonning "Rubin"
klubiga deyarli o'tib bo'lgandi, ammo
Anhel so'nggi daqiqada fikrini o'zgartirdi.
2007-yili yoshlar o'rtasidagi JCHdagi
ajoyib harakatlari Anhelga yanggidan
yangi takliflarni olib keldi. Ularning
orasida Portuigaliyaning "Benfika" klubi
ham futbolchining, ham futbolchining
klubini qoniqtiruvchi taklif bilan chiqdi.
Yakunda Anhel bor yo'gi 6 million evro
evaziga Portugaliya futboli grandi safiga
borib qo'shildi. "Benfika" prezidenti esa
futbolchi uchun ketkazilgan pullar besh
barobar ko'p bo'lib qaytishiga ishonishini
aytganda ko'pchilik hayron qolgandi)))
"Benfika" tarkibidagi ajoyib o'yinlari va
Terma jamoasining JCH 2010 bahslaridagi
eng yashi o'yinchilaridan biri bo'lgan
Anhel 2010-yilning 28 iyun kuni
Madridning "Real" klubiga ko'chib o'tadi.
O'sha paytda futbolchiga Evropaning
ko'plab grand klubari qiziqayotgan edi,
ammo aynan "Real" ushbu poygada eng
tezkori bo'ldi.
Aynan shu erda futbolchi o'sishga erishdi.
Tez orada futbolchi Madridning "Real"
klubi bilan yangi 5 yillik shartnoma
imzoladi. Eski shartnoma bo'yicha yiliga
atiga 1,8million evro oluvchi futbolchi
yangi shartnoma bo'yicha yiliga 4 million
evro olardi. Klub va o'rtasida hehc qanday
muammo yo'q edi, ammo shu yil yozda
uning ketishi aniq bo'ldi. Futbolchi JCH
final oldidan "Real" klubidan olgan hat esa
futbolchining o'z qarori to'gri ekanligiga
amin qildi. Yoz mobaynida 13-14marta
jurnalislatlar tomonidan "Psj" klubiga
o'tkazilgan futbolchi yakunda jamoamiz
futbolchisiga aylandi.
"Rosario Sentral" klubiga 18 to'pga o'tgan
futbolchi, yakunda jamoamizga 59,6
million evroga tushishini kim ham
o'ylabdi deysiz. Lekin bu haqiqat va bu
orzuning ushalishi.
Loyihani mahsus redevils.uz sayti Uchun
UstaHasan tayyorladi. Barchaga e'tibor
uchun rahmat.
Loyihaning keyingi sonida Radamel
Falkao haqida ma'lumotlar beramiz.
Manba: redevils.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев