“deyarli kelishib bo‘ldi” Rossiyaning MTS mobil aloqa operatori
O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatdagi
faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish borasida deyarli
kelishib oldi. Gazeta.uz’ning “RIA Novosti”ga
asoslanib xabar berishicha, MTS mahalliy kompaniya – “O‘zdunrobita”dagi o‘z ulushini
O‘zbekistonga topshirishi ham mumkin. Foto: 3gca.org “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda MTSni
nazorat qiluvchi “Sistema” kompaniyasi rahbari
va asosiy egasi Vladimir Yevtushenkov
jurnalistlarga ma’lum qilgan. “Biz barcha shartlarni kelishib oldik, faqat bitta
shart qoldi – u biz uchun yetarli darajada sezilarli.
Agar shuni ham kelisha olsak – shu yili
O‘zbekistonga qaytamiz”, – dedi Yevtushenkov
Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro
iqtisodiy forum kuluarlarida. Uning aniqlik kiritishicha, hal qilinishi
kutilayotgan so‘nggi masala chastotalar bilan
bog‘liq. “Bu davlat ishtirokidagi kompaniya
bo‘ladi, biz esa uni nazorat qilamiz”, – deya qayd
etdi “Sistema” rahbari. “Kun”ning ta’kidlashicha, 2012-yil iyulida MTSning O‘zbekistondagi sho‘basi –
“O‘zdunrobita” operatorining litsenziyalari
chaqirib olingan edi. Kompaniyaga nisbatan
qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan
da’volar e’lon qilingan, operator rahbariyatiga
nisbatan esa jinoiy ish ochilgan edi. Moliyaviy da’volarni to‘lash qobiliyati yo‘qligi sabab, 2013-
yil yanvarida “O‘zdunrobita” bankrot bo‘lganini
ma’lum qilgan edi. “Biz katta mamnuniyat bilan ushbu mamlakatga
qaytamiz. Bu yaxshi bozor”, – deya qayd etdi
Yevtushenkov. Bu kabi holat yana
takrorlanmasligiga kafolat bormi qabilidagi
savolga, Yevtushenkov shunday javob berdi:
“Hatto sug‘urta polisi ham yuz foizlik kafolat bera olmaydi”. MTSning O‘zbekistonga qaytishi borasidagi aniq
sanalarni ma’lum qilmagan Yevtushenkov bu
kelishuvlarga bog‘liq masala ekanligini qayd etib
o‘tdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1