GM Uzbekistan AJ QK 2015-yilning yanvar—aprel oylarida Rossiyaga avtomobil sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59 foizga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib, UzDaily xabar berdi.
Foto: auto.bigmir.net To‘rt oy davomida Rossiyaga jami 7064 ta mashina sotilgan, biroq aynan qaysi modellar qanday hajmda sotilgani haqida ma’lumot taqdim etilmadi.
Aprelda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 63 foizga kamayib, 1653 donagacha tushib ketdi.
2015-yilning yanvar—aprelida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,4 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2,1 foizga teng bo‘lgan.
2015-yilning to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 21-o‘rinni egalladi. Daewoo Gentra 2015-yilning aprelida bestsellerlar yuqori 25 taligiga kirdi.
Bibi.uz saytida 2015-yil 12-may holatiga ko‘ra Toshkentning Sirg‘ali avtobozoridagi “VAZ” avtomobillarining narxlari sharhi tayyorlandi.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев