Yaponiyaning Honda Motor Co. kompaniyasi Takata Corp. tomonidan ishlab chiqariladigan xavfsizlik yostiqchasidagi nosozlik tufayli dunyo bo‘ylab 4,9 millionta avtomobilni qaytarib olishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda“ Korrespondent.net”.
Foto: Honda
Yaponiyaning o‘zida 1,72 millionta avtomobil nosozlikni bartaraf etish uchun qaytarib olinadi. Honda avvalroq xuddi shu muammo tufayli 14 millionta avtomobilni qaytarib olgan.
Avvalroq Toyota Motor Corp. va Nissan Motor Co. ham xuddi shu nosozlik tufayli jami 6,56 millionta avtomobilni chaqirib olishini e’lon qilgan. Bungacha 10 dan ortiq kompaniya jami 25 millionta avtomobilni 2008-yildan buyon ishlab chiqarilgan Takata xavfsizlik yostiqchalaridagi muammo tufayli qaytarib olgan. Ushbu nosozlik kamida 10 ta o‘limli vaziyatga olib kelgani taxmin qilinadi
Bibi.uz saytida 2015-yil 12-may holatiga ko‘ra Toshkentning Sirg‘ali avtobozoridagi “VAZ” avtomobillarining narxlari sharhi tayyorlandi.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев