ENDI 3 RAQAMI
YÖQ.....Men atiga ikki yoshda
edim. Juda afsusdaman, endi
hech qachon maktabga bora
olmasligimdan, öqishni, yozishni örganolmasligimdan... Men uchun
endi uch raqami yöq... Mening
oyimning ismi Sveta, u meni
dunyoga keltirganida 17 yoshda
edi. Buvim meni judayam yaxshi
körardi, dadam baxtim uchun öz hayotini berishga ham tayyor edi.
Baxtli gödak edim... Oyim
kompyuter qarshisida, internetda
köp vaqtini ötkazardi. Men endi
gapirishni örgana
boshlaganimda dadam va oyim tez-tez va jiddiy janjallashib
qolishardi. Nihoyat oyim dadam
bilan ajrashdi va kutilmaganda
xorijga, qaysidir shaharga
ketishga qaror qildi.. Yangi
uyimizga kelganimizda, men özimning "yangi dadam" bilan
tanishdim. Boshida u juda
mehribon edi. Ammo keyinroq
meni ura boshladi. Men undan
qörqardim. Judayam. U meni
özining kamari bilan katta qila boshladi. Har gal mast vaqtida
shu kamari bilan savalardi. Oyim
unga qarshilik qila olmasdi. U
oyim ikkimizni köchaga haydab
yuborishi mumkinligini aytib
qörqitardi. Uning ovozini eshitishim bilan kravat tagiga
bekinib olardim. Lekin u baribir
meni topib olardi. Qörqib
qochardim. Lekin u baribir tutib
olardi. Axir men tashlagan uch
qadamim uning bir odimlashiga ham yetmasdi. Bir kuni "yangi
dadam" tobi yöqligi uchun ishga
bormadi. U bugungi kun mening
tarbiyam bilan shug'ullanish
uchun ajoyib imkoniyat ekanligini
aytdi.Men devor qog'oziga yurakcha rasmini chizgandim. U
bundan g'azablandi va kamarini
yechib meni ura boshladi. Og'riq
judayam kuchli edi. Oyim u meni
qanday urayntganini shunchaki
kuzatib turardi. Men hech narsa qila olmadim, faqat yig'ladim. U
oyimga kamarni tutqazdi va
baqirdi: "Ur!" Ey, Xudo, oyijon,
nahotki siz ham meni ursangiz?!
U yana baqirdi: "Agar sen bolani
qanday tarbiyalash kerakligini bilmasang, ikkalangizni ham
haydab yuboraman" Oyim meni
urdi. "Yana",- takrorladi "yangi
dadam". Yana urishdi. Yana... Jajji
tanam og'riqlarni his qilmay
qöydi. Faqat juda sovuq qotardim. Oyim yig'lab kamarni
uloqtirib yubordi va meni
bag'riga oldi. Zörg'a uning yuzini
siladim va shavqatsiz dunyoda
oxirgi marta gapirdim: "Oyijon,
sizni yaxshi köraman".... Bugun ölganimga 40 kun böldi. Меni öz
yurtimizga, haqiqiy dadamning
uyi yaqiniga kömishdi. Dadam
vabuvim har kun qabrimga
kelishadi. Özlari bilan juda köp
gul va öyinchoqlar olib kelishadi. Afsuski ular b-n gaplasha
olmayman… Oyim qamoqda,
judayam afsusdaman. Baribir
oyimni juda yaxshi köraman.
Oyijon, men ham sizga öxshagan
gözal qiz bölmoqchiydim, eng chiroyli rasmlar chizmoqchiydim.
Kun kelib siz kabi ona
bölganimda, farzandimni kamar
b-n emas, mehr b-n tarbiya
qilmoqchiydim. Oyijon, endi
osmondaman. Bu yerda juda köp farishtalar bor. Faqat siz yöqsiz...
Men atiga ikki yoshda edim. Juda
afsusdaman, endi hech qachon
maktabga bora olmasligimdan,
öqishni, yozishni
örganolmasligimdan... Men uchun endi uch raqami yöq...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев