mustasno vafo -
Kim, maning sha‘nimda qilmas hech
ish illo vafo.
Ul pari jismin vafo birla mujassam
aylamish,
Garchi tangri bermamish husn
ahlig‘a aslo vafo.
Kom surmak peshadur bazmi visol
ichra mango,
Mehribon yorimg‘a bo‘ldi rasmu odat
to vafo.
Kechau kunduz vafodin oyru
topmasman oni,
Tav‘amon tug‘mishdurur ul oy ila
go‘yo vafo.
Dilrabolar garchi aylarlar jafo
ushshoqig‘a,
Dilbarim har dam qilur man xastag‘a
ammo vafo.
Shukrini naylab qilurmankim, menga
har dam ishi
Yo qaramdur, yo muruvvat, yo inoyat,
yo vafo.
Haq taolo o‘z kalomida dedi ufu
bi ahd?
Borchag‘a lozimdur etmak ahdig‘a
amdo vafo.
Ogahiy, kech dahri dundin, bo‘l
vafolig‘ yor ila -
Kim, zamoni aylamas hech kimga bu
dunyo vafo.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев