Gar yetar yuz ming alam javru
jafosidin sango,
Ey ko‘ngul, bil yaxshidur hijron
balosidin sango.
Jon qachon topg‘ay o‘luk jisming
Masih anfosidin,
Qilmasa gar chora la‘li jon fizosidin
sango.
Zaxminga butmak emas mumkinki
marham o‘rnig‘a,
G‘amza o‘qi yetmaguncha qoshi
yosidin sango.
Ul qaro ko‘z boqmasa, baxting qarosi
bo‘lmas oq,
Bu qaro yetmish oning ko‘zi
qarosidin sango.
Shomi hajringg‘a sahar yo‘q yetmasa
to lam‘ai,
Orazi xurshidining nuru ziyosidin
sango.
Yo‘q jununingg‘a iloj ahli
bashardinkim, bu hol
Voqe‘ o‘lmish bir pari nozu adosidin
sango.
Yetsa gar javru jafosi, shod o‘lub
qilg‘il qabul,
Gar umid o‘lsa oning mehru
vafosidin sango.
Qasdi jon ul ko‘zlar etmish emdi yo‘q
chiqmoq amon,
Bermayin jon ul iki zolim arosidan
sango.
Qarrilar holig‘a boq lutfing ko‘zidin,
ey yigit -
Kim, kamoli husn ojizlar duosidin
sango.
Chun qaro yer osti oxir bo‘lg‘usidur
manziling,
Bas ne osig‘ gulshani olam safosidin
sango.
Ogahiykim, topqay erdi sozi
nazmingdin navo,
Bahra gar yo‘qtur Navoiyning
navosidin sango.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев