Falakkim yaxshilar bazmida qadrimni
baland etmas,
Dami yo'qkim yamonlar majmaida
mustamand etmas,
Bu hasratdin ko'zim ashki yo'lin bir
lahza band etmas,
Mani man istagan o'z suhbatida
arjumand etmas,
Mani istar kishining suhbatin
ko'nglum pisand etmas.
Fig'onkim dahru dun ichra rafiqi
topmadim ogah,
Qayon borsam bo'lurlar g'ulvashlar
hamdamu hamrah,
Tilarlar bahra mandin, men tilab
topman biridin, vah,
Na bahra,topg'oman ondinki mandin
istagay bahra,
O'zi ham bahramand o'lmas,mani
ham bahramand etmas.
Ko'zi zahri esa har nechakim moyil
mamotimg'a,
Labi shahdi edi rog'ib o'limdin ham
najotimg'a,
Bu dam vosil iymon ul qotili Iso
sifotimg'a,
Netoy huru pari bazminki qatlim yo
hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon bu
no'sh xand etmas.
Chiqo olmay ko'ngul hayrondur usru
shomu furqatdin,
To'kar ashkini ko'z ham intizori subh
vaslatdin,
Iloji bo'lmasa ul mahvashi xurshid
tal'atdin,
Kerakmas oy ila kun shaklikim husnu
malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas,tanim bu
band-band etmas.
Bugun chobaklar ichra yo'q edi ul
shahsuvorimkim,
Birini qilmadi manzur chashmi
ashkborimkim,
G'ubor oso netong gar qolmasa
sabru qarorimkim,
Kerak o'z chobaku qotilvashu majnun
shiorimkim,
Buzuq ko'nglimdin o'zga yerda javlon
samand etmas.
Savod zulfini ko'rgach yumar Ogahiy
tun deb ko'z,
Yuzig'a nozir o'lg'och ham tutar qo'l
birla kun deb ko'z,
Ko'ngul, hayratg'a qolma ko'rmas oni
ne uchun ko'z,
Ul oy o'tlug' yuzin ochsa Navoiy
tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra
pisand etmas.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев