Предыдущая публикация
ko'ring,
Mehri jamoli ustida ikki hilolini
ko'ring.
Ikki hilolini ko'rub qonmasa
mehringiz agar,
Safhayi orazi uza nuqtayi xolini
ko'ring.
Nuqtayi xolini ko'rub sabr eta olmas
ersangiz,
Husnu jamoli bog'ida qaddi niholini
ko'ring.
Qaddi niholini ko'rub ko'nglungiz
etmasa qaror,
Jon ko'zi birla boqibon la'li zilolini
ko'ring.
La'li zilolini ko'rub joningiz etsa
iztirob,
Chorai holingiz uchun shahd
maqolini ko'ring.
Shahd maqolini ko'rub topmasa
chora holingiz,
Nuktaga lab ochar chog'i g'unju
dalolini ko'ring.
G'unju dalolini ko'rub istasangiz
murodi dil,
Ogahiydek quchub belin ayshi
kamolini ko'ring.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев