–Xo‘p bo‘ladi-da ota o‘g‘il, mana olaqoling.
–Dada, zo‘r mashina sotayotgan ekan mana buuunday, olib bering!
–Xa mayli-da, sazangiz o‘lmasin o‘g‘lim, mana borib olaqoling.
–Dada bugun ko‘proq bering, o‘rtoqlarim bilan aylanmoqchi edik.
–Xo‘p o‘g‘lim, mana...
–Dada o‘qituvchimiz hammadan pul yig‘yapti, bering.
–Dada yangi tufliga pul bering, bunisi eskirib ketdi.
–Dada bugun do‘stimning tug‘ilgan kuni, sovg‘aga pul bering.
–Dada, bitiruv oqshomiga pul yig‘yapmiz, shunga...
–Dada repetitorga pul bering.
–Dada yo‘lkiraga pul bering.
–Dada shartnoma pulini ertaga to‘lash kerak ekan.
–Dada bozorga tushib kiyinib chiqsammi degandim, hamma o‘rtoqlarim yaxshi kiyinib yurishadi, shunga ozroq...
–Dada sessiyaga anchagina xarajat bo‘ladi, pul yuboring.
–Dada pul...
–Dada pul...
Oradan yillar o‘tdi...
–O‘g‘lim, uyning tomidan sal suv o‘tyapti-da, shuni qishgacha to‘g‘irlab qo‘ysak degandim. Agar imkoning bo‘lsa...
–Dada, hozir emas. O‘zi ishlar yurishmay turibdi, buni ustiga erta-indin nabirangizni sunnat to‘yini qilish kerak.
–O‘g‘lim, un-moyning tagi ko‘rinib qolibdi, bir yo‘ling tushsa...
–Dada, yaqinda ro‘zg‘or qilib bergandim-ku! Bir amallab turinglar, hamma pulni “oborot”ga tikib yubordim.
–O‘g‘lim, onangni nok yegisi kelayotgan ekan. Bilasan, anchadan buyon tobi yo‘q, men ko‘chaga chiqolmayman, o‘zing topib kelsang...
–Dada! Qishda nok qancha turishini bilasizmi? O‘zi uchma-uch yetkazib turgan bo‘lsam...
–O‘g‘lim, doktor dorilarni ro‘yxatini yozib ketdi. Davolanmasam bo‘lmas ekan...
–Dada! Nima mendan boshqa bolalaringiz yo‘qmi? Ana, akamga, opamga ayting!
–O‘g‘lim, bir kelib ketsang bo‘lardi...
–Nega dada? Tinchlikmi? Yo yana pul kerakmi?
Telefon uzilib qoldi. Borsa hamma bel bog‘lab qo‘lida dastro‘molcha bilan turishardi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4