Sevgi juda mag'rur,yuraklarni zabt etgani,tuyg'ularga podsho bo'lgani uchun boshi osmonda edi.U "Mening ozim baxtman", deb o'ylardi.SHuning uchun taxti poyiga tizilgan tuyg'ular orasidan Baxtni chorlab shunday dedi:-Menga keraging yo'q,xizmatinga muxtoj emasman.Sevgining xudbinligidan ranjigan Baxt bosh olib ketdi va Orzu ko'shkiga borib,o'sha yerda yashab qoldi.Vaqt o'tgan sayin Sevgi Baxtning qadriga yetib,qilmishidan afsuslana boshladi.Sog'inch,Xijronlardan bezib,oxiri Baxtni izlab Ko'ngil xamroxligida yo'lga chiqdi.Orzu ko'shkiga yetib kelib darvozani taqillatdi.-Kim u ? -Baxtning mayin ovozi keldi.-Men Sevgiman.Baxt,iltimos yonimga qayt,endi xamisha birga bo'laylik -deya o'tindi Sevgi.
-Buning iloji yo'q,meni Armon ushlab turibti,-javob qaytardi Baxt.-Sen yaxshisi Aql bilan kel,uning yordamida menga yetishishing mumkin aks xolda,o'zing Armonning asiriga aylanasan.
Sevgi bu safar Aqlni xamrox qilib keldi.Mana,Orzu darvozasi.Undan Baxtni olib chiqarmikan yoki Armonning yonida qolib ketarmikan?...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев