Eshik qo’ngirogi jiringladi. Sovchilardan bekinish niyatida xonamga yugurib kirdim. Pastda Ravshan akamning mashinasi turardi. Eshik tarafdan ayollarning salomlashishi qulogimga chalindi. Shu payt qo’l telefonimga sms keldi: "Dilnoz, derazadan qarab yubor". Oyna oldiga borib, "Nima deysiz?" deganday bosh chayqadim. Keyin baland ovozda gapirayotgan ayolni gapiga tushunolmay garang edim: - Tog’ tog’ bilan uchrashmasa ham, odam bir-biri bilan uchrasharkan-da, Nargizaxon! Agar bu yerda yashayotganingizni bilganimda, illo ostonangizga qadam bosmasdim… Qolgan ayollar ham chuvillashishib ko’chaga chiqib ketishdi. Parda ortidan hammasini ko’rib turardim. To’lachadan kelgan ayol tog’orasini ikkinchi ayolga berayotib, Ravshan akamga zarda bilan gapira ketdi: - Tavba qiz quriganmi sen bolaga-a? - Oyi, nima bo’ldi tinchlikmi?-dedi u ham hayron bo’lib. - Tinchlikmas!-deya shartta kesdi mashinaning oldiga utirayotgan ayol. - Ko’cha tula qiz! Daraxtni tepsang qiz yogiladi! Qayerdan topa qolding buni? Senga qiz qidirib o’tib ketaman shekilli. Nega menga multirab turibsan? Olmaning tagiga olma, nokning tagiga nok tushadi bilding?! Xayda! - Kayerga? Ravshan akam men kabi hech narsani tushunmasdi. - Ochik mozorga… Bu bo’lib o’tgan voqea rostmi yoki tushmi farqlay olmasdim. Olmaning tagiga olma, nokning tagiga nok tushadi? Hayollarimni yegib, mexmonxonaga chikdim. Boyagina chiroyli qilib yasatilgan dasturxon, zulmat qoplagan xonaning ko’rkiga ko’rk qusholmasdi. Oyim bir burchakda yiglab utirar, xolam uni yupatib tasalli berardi: - Mayli qo’ying yiglamang opa, hali qizingizga yaxshi joylardan keladi. Ko’rmaganday bo’lib ketasiz… - Kaydam… kelayotganlarning hammasi otasini so’raydi. Kimligini bilib, surishtirgach indashmaydi. Yana oldimda bitta qizim bor… Meni ko’rishgach ikkalasi ham sergak tortishdi. - Kel qizim…Oyim yonidan joy kursatdi. - O’tir. Ichimni kemirayotgan savollarga javob topish niyatida oyimning oldiga o’tirdim. - Oyi…bu ayol dadamning tanishimi? Ular avval menga, so’ng bir nuqtaga qarab jim turaverdilar.
-Ha, - dedi keyin birdan sergak tortib. - Bu sir ochilishini umuman istamasam ham, xayot buni xoxlamayotganga uxshaydi. Ko’za kundamas, kunida sinadi deyishlari ham bekorgamasakan… Bundan o’n yil avval, Ravshanning otasi dadang bilan sherikchilikda firma ochishgan. Boshida ish yaxshi bo’lmadi. Olingan foyda, ketgan xarajatlarning o’rnini qoplolmasdi. Ikki yil deganda firma gullay boshladi. Qolgan foydaga magazin va dorixonalar ochishdi. Pul kupaygach shayton yo’ldan urdimi, qimorga o’ralashib qolishdi. Aroq degan narsani chiqarganga ming la'nat! Xushi joyida bo’lmagan dadang Ravshanning otasini uyini yutib olgan. Firmaning yarim daromadini ham qimorda yo’q qilib bo’lishgan ekan. Bechora oila bir xonali uy olib chikib ketishga majbur bulgandi. - Sizchi? Dadam do’stlikka xiyonat qilganlarida indamadingizmi? - Shuning uchun uyda xar kuni janjal. Kamiga boshka millat ayoligi uylanaman deb turib oldi. Uylandi. Yaxshi topganidan so’ng chet elga ketishdi. To’g’ri avvaliga pul yuborib turishdi. Qolgan gaplarning davomini eshitishni istamasdim ham. - Oyi iltimos, davomini eslamaylik. Otam baxtli xayot kechirayotgan bo’lsa hursandman! - Ravshanning otasi jim o’tirgani yo’q. Ishi yaxshilanib, ko’tarilganidan so’ng nechi marta oldimga kelib yordam qo’lini cho’zdi. Uyaldim to’g’risi. Qanday yaxshi do’st ediya. Xonamdan tinmay qo’l telefonimning ovozi kelavergach, onam kat'iy gapira boshladi: - To’g’ri tushun qizim. Biz ularning tengi emasmiz. Ravshan ham, endi sen tinch qo’ysin. Pishmaydigan osh. Qayerga bormay, Ravshan akam ketimdan soyaday ergashardi. Qo’pol gapirib, jerikib tashlardim. Oson emas ekan. Sevib turib, "Sizni ko’rishga ko’zim yo’q!" deb aldash, "Meni tinch qo’ying" deb yig’lash. Ishdan chiqishim bilan Ravshan akamdan yangi sms xabari keldi: "Dilnoza…seni sevib qolganim uchun, seni qiynayotganim uchun kechir. Oyim uch kundan buyon kasalxonada. Xavotirdan xech qayerga chiqa olmayapman. Ko’nglimga qil sig’maydi. Seni bir umr kuzatib yurishga roziman. Lekin yoningga yulatmayapsan- ku. Iltimos kasalxonaga kel. Bir oz bo’lsa ham, yonimda bo’l." Ishda ushlanib qolishimni uydagilarga baxona qilib, kasaxonaga yugurdim. Yo’lda ketyapman-u xayollarim kimsasiz, olis tomonlarga uchib ketardi. Insonlarni tinmay "Taqdir beshavqat!" degan so’zlarini eslab, yana uylayman. Yaratgan hech kimning takdir yo’liga befarqlik bilan yondashib, "Sen yomon odam bo’lasan", "O’g’rining o’gli o’g’ri bo’ladi" deb yozmagan. Xar qanday sinovli taqdirida bandasi uchun tanlov xuquqi berilgan. Bizning oldimizda ikkita yo’l turardi. Biri yakinlarimizning gap so’ziga qaramay oila qurish, ikkinchisi onalarning xurmati uchun sevgimizdan voz kechish. Smsda yozilgan palataning yoniga yaqinlashayotib, qiziq suhbat ustidan chiqib qoldim. - Oyijon Dilnoza juda yaxshi kiz. Iymonli, takvoli. Siz orzu qilgan kelinlardan ko’pi bordirki, ammo kam joyi yo’q...
- O’glim, axir men ham boshqalar qatori ko’rrimli, fayzli xonadon sohiblari bilan quda bo’lgim keladi. Ular bizning tengimiz emas. Ikkinchidan nasl-nasabini surishtirganmisan xech?
- Nasl-nasab ustida baxt qurib bo’lmaydi-ku oyi!
- Eskichilik sarqiti deb ahamiyat bermaysan-da! Uylansang yetti pushti toza shaxarlik qizga uylanasan. Juda topilmasa, ana ammangni gulday qizi bor. Ot tepgisi otnikiga utmagan…
- Qarindoshimga hayotda uylanmayman! Xudoyim otalarimizning qilgan ishlaridan norozi. Lekin yana bir imkon yuborayotganida, qarshi chikyapsiz. Ikki oila yana qaytadan do’st bo’lishi mumkin-ku.
- Yuragimey… Qanaqa tushunmaydigan bolasan o’zi? Xayolingga xam keltirma! Xech narsasiz qolib ketganimizda, boshimizdan o’tganini uzim bilaman. Kolaversa sarposi to’lik bo’lmaydi. Bu yokda bor tovogim, kel tovogim… Otang raxmatli xozir yonimda bo’lganlarida edi…
- Shubxasiz rozi bo’lardilar - deb Ravshan akam tashkariga otilib chikdi.
Meni kelishimni kutmagan shekilli, dovdirab qoldi. Terlab ketganidan, yuzlari qizarib og’ir yutindi.
- … Dilnoz, uzr … bu yerga kelishingni kutmagandim. Xammasini eshitdingmi?
Uzimni ushlolmay yiglab yubordim. Oilamning nomiga aytilgan so’zlardan daxshatda edim.
- Dilnoz, menga qara, biz kurashamiz! Orqaga kaytish yo’q. Xammasi yaxshi bo’ladi, mana kurasan…
- Yo’q! - dedim men qat'iy. Sizga turmushga chiqqan taqdirimda xam, uyingizdagilar meni chiqishtirmaydi.
- Lekin…
- Iltimos gapimni bo’lmay eshiting, - dedim men xayollarimni yegib.
- Bugun shu yerda xammasiga nuqta qo’yamiz.
- Naxotki shunchalik tez yengilsang? - xayrat bilan qarardi u.
- Bu yengilishmas. Bu onalarga qarshi chiqmaslik. Oyingizga raxmim kelyapti. Ogir kasal bo’lsa-da, siz uchun yonyapti, baxtingizni uylayapti. Kelin bo’lib tushgan taqdirimda xam, xech narsa bo’lmaganday yuzlariga kulib qarolmayman. Axir xech qaysi ona o’z bolasiga yomonlikni ravo ko’rmaydi-ku! - dedim ko’z yoshlarimni artib. Oyingizna xam, meni xam tushuning!
- Onash yiglamagin…Shu aklli gaplaring uchunam seni yaxshi ko’raman-da. Meni qiynama, sensiz yasholmayman…
- Mensiz yashagansiz, yana xamma xavas qilguday yashaysiz! Boshqa yo’l ko’rmayapman... Menda, sizda xammasi yaxshi bo’lishi uchun xayrlashamiz Ravshan aka. Alvido demayman. Yer dumalok, kelajakda farzandlarimiz bir-birini yaxshi ko’rib qolishi mumkin-ku,-dedim uychan ohangda. Sizdan yana bir iltimosim bor. Kelajakda "Ota" degan nomga sazovor bo’lishni istasangiz, farzandlaringizni ko’zini yoshlatmang. Bilaman, xammasini unutish oson bulmaydi. Ammo Yaratgan yaxshi ko’rgan bandasiga sinov yuboradi. Xursand bo’ling sinalyapsiz. Alloxning muxabbati esa, shubxasiz menikidan ancha kuchlidir… - yuragimdagi gaplarning cheki yo’q edi. Nachora, boshqa ilojim qolmay, "Chikish" eshigi tomon yura boshladim. Ravhan akam indamay ketimdan kuzatib qoldi. Menga yana nimadir deyishini juda xoxlardim. Ammo, endi xammasi ortda qolgandi…
Keyin u uylandi. Usha kuni rosa yig’ladim. Sevinchdanmi yo alamdan tuxtamay yigladim.
Oradan bir yil vaqt o’tdi. Yoz oyi. Ikki kundan so’ng to’yim. Kelin kuylak tanlash niyatida Sevara bilan salonga kirmoqchi edik. Dugonam yarim soat ushlanib qolishini aytib qo’ng’iroq qildi. Vaqtni boy bermay didimga mos kuylakni tanladim. Kiyib oyna oldiga borishim bilan, notanish raqamdan sms keldi. "Sen dunyodagi eng go’zal qizsan!". Qizikib qo’ngiroq qildim. Javob bermadi. Ikkinsi sms xabarini o’qib xayratga tushdim. "Onash, farishtaning uzisan!" Oxirida kulib turgan smaylik. Ne ko’z bilan qarayki, oyna ortida Ravshan aka jilmayib turardi. Gapirishga gap topolmay, undan ko’z uzolmasdim. Uzgarmabdi. Ko’zlari kulib tursa xam, nigoxi sirli edi.
- Siz, meni, qanaqasiga? - savollarim ko’pligidan nima deyotganimni bilmasdim.
- Seni anchadan beri kuzatib yuraman. Bugun oq kuylak kiyishingni bilib, salonga kirmaslikdan o’zimni tiya olmadim. Farishtani o’zisan,- dedi kulib.
- Sizchi? Yaxshimisiz? Ayolingiz? Uydagilar? Savollarimninig keti tugamasdi. Ravshan aka menga uzoq tikilib turdi-da:
- Ajrashganman… - dedi keyin yerga qarab.
- Qanakasiga? - quloqlarimga ishonmadim.- Nega ajrashasiz?
- Birga yashab ketishimizga kuzim yetmadi. Oyimni yuqotishdan qo’rqib, o’zi aytgan qizgi uylandim. Qiz xali o’n yettiga kirmagani uchun, rasmiy nikohdan o’tmagandik. Faqat shariy nikoh o’qilgandi. Chimildiqda unga qo’limni uchini ham tekkizmadim. Yosh qizni xayotini barbod qilgim kelmadi. Bor haqiqatni aytmasimdan, yiglab chikib ketdi. Erka qiz edi. Otasining qo’li xamma joyga yetadigan odam. Ertasi kuni quda taraf uyimizga kelib, janjal ko’tardi. Qaynotam ko’z oldimda qizimga talok berasan deb turib oldi. Talogini berishim bilan mebel, sarposini olib ketishdi. Uyga sigmay ishga ovora bo’lib chet elga chiqib ketdim. Yarim yildan keyin ukam uylandi. Xozir oyim ancha yaxshi. Kelin ko’rganidan beri xursand…
- Nega unday qildingiz?
- Unga qaraganimda, yonimda bo’lganida fakat seni ko’rardim. Butun umr aldanib yashagandan, ochiq xaqiqatni aytishni lozim topdim. To’g’risi to’ydan keyingi muhabbatga ko’zim yetmadi. Otasi u qizni yaxshi oilaga berdi. Yaqinda farzandli bo’libdi deb eshitdim. Yana oldinga borishni istadim-u, keyin seni xam xayotingni buzishdan cho’chidim.
- Lekin men xozir unashtirilganman-ku…
- Bilaman. Chet eldan kelganimdan beri seni kuzatib yuraman. Meni birdan bir orzuyim seni oq kuylakda ko’rish edi. To’ying kuni oldingga kelib, g’amga solishni xoxlamadim. Mana, bugun o’sha orzuyimga yetdim. Seni baxtli bo’lishingga shubham yo’q. Kelajakda o’zingga o’xshagan shirin qizlarning oyisi bulishinga xam. Fakat bir iltimosim bor. Xar doim shunaqa aqlli, mehribon qiz bo’lib yur. Lekin, bir narsani esingdan chiqarma. Qachonki yordam kerak bo’lsa, sen uchun jonini berishga tayyor inson borligini unutma. Onash, endi seni kuzatmayman. Endi seni Alloxga topshiraman… deya peshonamdan updi.
U ketdi. Men xamon jim edim. O’qrtada esa yaralangan va armonli sevgi qolgandi. Salondan ko’chaga chiqishim bilan yomg’ir quyib yubordi.Bu armonli sevgimizni ko’z yoshlari edi ehtimol… Muallif:ADMIN
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 111
hikoyani davomi yozildi