Goxi yig'lab goxi kulib sevgandim
Borim nima jonim nima xattoki
Xayotimni senga berib sevgandim
Afsus o'sha damlar xayol bo'ldiku
Javobi yo'q dilda savol bo'ldiku
Vujudimda yashayotgan muxabbat
Sho'rlik qalbim ichra uvol bo'ldiku
Shumi men sho'rlikni baxti bilolmayman
Ich ichimdan yig'lab chindan kulolmayman
Na tirikman na o'lib xam o'lolmayman
Meni balki sevar kimdir men endi sevolmayman
Sevdim degan so'zlaring qolib ketdi vafosiz
Chertilmay qalb torlari qolib ketdi navosiz
Jaxannammi bu dunyo yo g'urbat bu dunyoda
Tomchi suvga tashna keng saxrodaman xavosiz
Axir senga ayon edi qalbim dardlari
Senga bayon edi sevgim xatlari
Oxim yeraro xatto osmon falakka
Senga yetmas mening faryod dodlarim
Sevgim bo'ldi bu dunyoda bir kamim
Muxabbatim bor xasratim alamim
Ishqim o'ldi xiyonatning qo'lida
Tuyg'ularim armon endi sevolmasman
Armonim shu qo'llaringdan tutmay sevdim
G'unchagina labingdan bol ichmay sevdim
Sevdim deya meni tashlab ketsang xamki
Men bechora yo'llaringni to'smay sevdim
O'zga qo'llar silar endi sochlaring
O'zga so'zlar maqtar ko'zu qoshlaring
Yuragimga otib isyon toshlaring
O'zga lablar erkalaydi yuzlaring
O'tib ketdi sensiz g'urbat kunlarim
Qayg'ularim allalagan tunlarim
Yoshligimdan armon bo'lgan sevgimga
Bugun so'ngi kunim so'ngi so'zlarim
Tugar bo'ldi umrim endi sevolmasman!!!!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев