! !
Go’dakligimda otam mani o’z qo’llari bilan ammamga topwirgan ekanlar. Boisi ammam Tangri tomonidan befarzand o’tiwga maxkum etilganakanlar. Buning ustiga oilada ikkinchi qiz bo’lganim uchun balki otamning manga nisbatan mexr sarchawmalari qurib qolgandir. Muximi bu emasdi…! Tug’ilganimdan so’ng oradan bir yarim yil o’tgach Otam Ollox xuziriga rixlat qilibdilar. Padarimning vafotidan so’ng bevalik azobiga bardow berolmagan onam ikkinchi marotaba turmuwga chiqib opamni o’zlari bilan olib ketibdilar.Man esa o’z Onam tirik bo’laturib ammamning farzandiga aylanib qolaveribman…!
Oradan yillar o’ta bowladi.Manga Onalik mexrini bergan ammamning uyida xech narsaga zoriqmay voyaga yetdim. Biroq yuragimda mani dunyoga keltirgan ayolga nisbatan nafrat tuyg’usi kundan kunga ortib borardi. Boisi Onam ikkinchi turmuwidan xam farzand ko’rganlaridan so’ng opamning o’gay otasi uni o’z farzandi kabi ko’rmay xo’rlay bowlabdi. Opam 16 yowga to’lganlarida esa uning nomusiga tajovvuz qilibdi. Onam bundan xabar topgan bo’lsalarda o’wa iflosning aybini berkitib xech nars bo’lmagandek yawawda davom etibdilar. Ikki o’rtada iffati g’uborlangan bechora opam qon yig’lab qolaverdilar.Fursat o’tib man xam balog’atga yetdim. Barchaga ma’lumki bo’yi yetkan qizi bor uyning ostonasi tinmay sovchilar tomonidan supiriladi. Mandan umivor bo’lib uyimizga kelgan ovchilar soni tobora ortib borardi. Natijada ammamning eri yaqin bir do’stining o’g’liga mani unawtirib qo’ydilar. U bola bilan ko’riwganimda biroz yoqmagandi. Biroq manga Ota onalik mexrini ulawgan insonlarning so’zini ikki qilolmay o’wa yigitga turmuwga chiqdim. Wodiyona kowonasiga qadam qo’yar ekanman barcha malaklar singari yuragimda mittigina umid uyg’ongandi. Qalbimda kurtak ochgan uwbu umidni baxtli bo’liw umidi dib atagandim..! Biroq baxtga qarwi Ollox qadamimni sinovlar bilan siylay bowladi. Turmuwimning dastlabki oylarida qaynonam o’ta sertakalluf xamda ibratli ayol obrazini maromiga yetkazib ijro etib berdi. Ammo oradan fursatlar o’tib esa o’zining asl qiyofasini nomoyon eta bowladi. Ro’zg’or iwlarimdan kamchilik izlar,bordiyu xatoga yo’l qo’ysam aybimni tuwuntirmay jerkib tawlardi. Ba’zan esa xatolarimni o’g’liga aytib mani urdirardi.Xayotim tobora tubsizlik ummoniga g’arq bo’lib baxtsizlik sabolari dimog’imga chalina bowladi. Biroq sabr qiliwda davom etardim. Chunki xar bir qizning xayoti turmuwga chiqqanidan so’ng sinovlarga to’lib ketiwini yaxwi bilardim. Qolaversa Onamning baxtsiz taqdiri mani xam bowimga tuwiwidan xadiksirab yawardim. Oradan fursatlar o’tib xayotimdagi zimistonlikni yog’du bilan yoritgan xuwxabarni aytiwdi. Kaltak singan vujudimda yangi bir xayot paydo bo’libdi. Ona bo’liwim xaqidagi uwbu xabar mani dunyodegi eng baxtli insonlar safiga qo’wdi. Boisi xar bir qizning xayotidagi asl ma’no uning vujudida paydo bo’ladigan mittigina go’dak deb bilardim. Wukurkim manga xam o’wanday baxt nasib etdi. Biroq farzand xaqidagi xuwxabarni turmuw o’rtog’imga aytganimda u nima deganini bilasizmi…? ,,Bolani oldirib tawab Onami xizmatini qigin. Xali yowmiza nasib qisa yana ko’p farzandli bo’lamiza’’ Qaynonam xam o’glining fikrini ma’qulladi. O’wa kimsalardan bu tarzdagi vaxwiy so’zlarni ewitaman dib sira o’ylamagandim. Qanday qilib o’z farzandiga bunday noxaqlikni ravo ko’riw mumkin…? Nabiralik bo’liwni xoxlamasa nima uchun tug’maydigan kelin tuwurmadi o’wa Xudo urgan uyiga…? Wu kabi savollar manga tinchlik bermasdi. Oxir oqibat bolani oldiriw xaqidagi gap so’zlarni tutingan Ota onamga aytiwga majbur bo’ldim.Ular mani o’wa ifloslar azobidan xalos etib o’z uylariga olib ketiwdi. O’yladim..! Balki turmuw o’rtog’im xatosini anglab yetib mani olib ketkani kelar…! Biroq uning siyratidan xam darak yo’q…! Birin ketin oylar o’tib Ollox quchog’imni mittigina qizaloq bilan siyladi. Uning ko’zchalariga termulganimda xasratlarim ado bo’lib vujudim taskin topardi. Kutdim…! Balki nabirali bo’lganini ewitib qaynonam bizni olib ketgani kelar…! Biroq u diydor o’rniga o’glini bowqa bir qizga uylantirdi. O’wa qizning xam bowiga mani kunlarim tuwuwini o’ylasam bechoraga raxmim kelardi. Nixoyat baxtsiz turmuwimdan umidimni uzib yangi xayot bowlawga axd qildim. Qizalog’im 3 yowga to’lganida esa taqdir xukmi sabab bir insonga ko’ngil qo’ydim. Biroq uning yowi mandan kichikroq edi.Kun sayin unga o’rganib qolaverdim.Samimiy suxbatlar xamda sog’inchli maktublar oxiri ko’rinmasdi. Lekin bu xolat qachongacha davom etiwi mumkin. Axir u bilan kelajakda bir butun oila bo’liw extimoli xomxayol edi xolos. Natijada ko’p o’tmay o’wa inson o’z maqsadini owkor etdi. Nima sabab manga mexribonlik qilib yurganini bilasizmi…? Uning asl niyati mani zinoga bowlaw ekan. Undan bu tarzdagi jirkanchli gapni ewitgach ko’nglim sovub ketdi. Naxotki tuyg’ular xirs oldida ojizlik qilsa..? Ajrawkan ayol bo’lganligim uning xayolida mani zino uchun eng munosib nomzod qilib qo’ygandir. To’wakka qilingan taklifni ewitgan zaxotim uning xayotini butunlay tark etdim. Naxotki man kabi turmuw zarbidan aziyat chekkan ayollar ikkinchi marotaba seviw uchun noloyiq bo’lsa..? Nima uchun xirs insonlar ko’zi bunchalik ko’r qilib qo’ygan…? Mana jonim ardog’ida ulg’aytirgan qizalog’im xam 4 baxorni qarwiladi. Uning kelajagi xaqida o’ylasam vujudimni titroq bosadi. Otasiz o’sayotgan qizim man kabi baxtsiz bo’lib qoliwdan qo’rqib yawayman. Ba’zan munisginamning jajji qo’lchalarini tutib xayol surib qolaman. Qani endi Tangrim bizni wunday saodat bilan siylaganida umrimiz xuzur xalovatda o’tgan bo’larmidi.Naxot o’zgalar kabi wirin xayot kechiriwga xaqqim bo’lmasa…? Xozirda birgina o’y xayolimni egallab,yurak-bag'rimni ezib turadi.Mittivoyimning ma’yusgina siyratiga termular ekanman uning baxti uchun xam bu dunyoda baxtli bo’lgim keladi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2