So'zim o'qib muzlab qolasan
Rostin aytgin saqlamay sukut ..
Yo'qligimda izlab qolasan
Yoningda ko'p yursam sen turtma ..
Yiqilganda bo'zlab qolasan
Ko'ksim qog'oz kaftingda yirtma...
Yo'qligimda izlab qolasan
Qadrim ayoq ostingda yotar...
Tursa unga so'zlab tolasan
Ruxim xar tong seni uyg'otar...
Yo'qligimda izlab qolasan
Yerga urma sevgimni sen - lab..
Bir kun kelar sizlab qolasan ..
Sendan osh non qilmayman talab ...
Yo'qligimda izlab qolasan
Sabrim chalik emas ko'p xaqqim...
Yostig' quchib xidlab qolasan
Ketar fursat aytayin dardim..
Yo'qligimda izlab qolasan
So'zim oddiy tuyilar xozir,
Borligimda yo'qolar.. qadir
Mag'zin chaqib o'qi birma-bir,
Yoqligimda o'qiy olmaysan
O'rning seni osmonlar asli,
Mag'rurlikdan kecha olmaysan
Mensiz kelsa yana kuz fasli,
Yomg'ir kabi qucha olmaysan
Men yozmadim yurak buyurdi,
U so'zlasa ko'tarolmaysan
Menga alam bo'lib tuyildi..
Mensiz o'zing yupatolmaysan
Meni izlab xayoling tolar,
Charchar meni xar kimdan so'rab..
So'zimga zor xam bo'lib qolar,
Avaylaysan bag'ringa o'rab
Qadrim bilan ketay qo'l ushlab,
O'rganmadim o'zga dil xushlab...
Kuttirganim kutsin ko'p yashab,
Bag'ring terga berib yig'laysan
Menii senga so'zim eslatar,
Tik boqmagan ko'zim eslatar..
Xayolaring to'zg'ib eslatar,
Shamday oqib erib yig'laysan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев