Предыдущая публикация
Bolangni erkalab suysang suyingan,
Bir burda ushoqqa to'ysang to'yingan,
O'shal mo'tabar zot ONANG emasmi...?
Yiqilsang avaylab boshda tutguvchi,
Dardimi bildirmay ichga yutguchi,
Sendan tillo zarmas mehr kutguvchi,
O'shal mo'tabar zot ONANG emasmi...?
Sof sehr istasang yuzlariga boq,
Sof mehr istasang ko'zlariga boq.
Ko'nglida kiri yo'q qordayin oppoq,
O'shal mo'tabar zot ONANG emasmi...?
Duosida yig'lab haqni tilaydi,
Bolamning baxti deb baxtni tilaydi.
Tilasa ham senga taxtni tilaydi,
O'shal mo'tabar zot ONANG emasmi...?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6