organizmiga katta
zarar yetkazishi mumkin. Uning ayrim
turlari qonga o'tib
butun organizm faoliyatini buzishi
mumkin. Bolada gijja mavjudligini vaqtida aniqlab davolash
lozim.
Gijja alomatlariga ishtaha birdan
pasayishi, faqat
shirinlik yegisi kelishi, qorinda og'riq
yoki talvasa bo'lishi, ko'ngil aynash (ayniqsa ertalab), ich
ketishini kiritishimiz
mumkin. Undan tashqari bola injiq
bo'lishi, uyqusi
buzulishi, tushida tishlari bilan
g'ichirlashi kuzatilishi mumkin.
Gijja ko'pincha bolada
diatez, dermatit va boshqa
allergik reaksiyalar paydo
bo'lishiga sabab bo'ladi.
Gijja bo'lganda anus atrofi qichiydi, shuning uchun
bola nuqul dumba
tomonini ushlagisi keladi.
Gijja sikl bilan yashaydi,
shuning uchun najas
topshirib gijja mavjudligini aniqlash oson emas. Najas
topshirilgan kun gijjaning yashash
sikliga to'g'ri kelmasa,
u ko'rinmaydi. Shu sababli ota-ona
bolaning holatini
kuzatib gijja mavjudlini taxmin qilishi mumkin.
Yuqishi:
Gijja organizmga 3 yo'l bilan o'tadi:
- Suv orqali (qaynatilmagan suvni ichish)
;
- Tuproq orqali (Bola tuproq o'ynagan qo'lini og'ziga
solishi);
- Yaxshi pishmagan mol, parranda yoki
baliq go'shtidan.
Undan tashqari homilador ayoldan
homilaga o'tish xavfi ham mavjud.
Davolash:
Hozirgi kunda gijjani davolash usullari
juda ko'p. Davolash
yo'lini vrach belgilash lozim.
Xalq tabobati gijjaga qarshi bolaga saharda qovoq
danagidan bir xovuch yedirishni tavsiya
qiladi.
Nonushtaga sabzi sharbati ham yaxshi
yordam beradi.
Gijja bolada aqliy va jismoniy rivojlanishni
pasaytiradi va qondagi gemoglobin
darajasini
kamayishiga olib keladi.
Gijja paydo bo'lishini oldini olish uchun
nima qilish kerak?
Ko'chadan kelib albatta bola qo'lini
sovunlab yuvish;
Uyni tozalikda tutish;
Suvni qaynatib ichish;
Sutni qaynatib ichish; Meva va sabzavotlarni yuvib, qaynagan
suvda chayib
iste'mol qilish;
Bolaning o'yinchoqlarini muntazam
ravishda yuvib
turish; Bola ko'chada qo'lini og'ziga solmasligini
o'qtirish;
Bolaga ko'chada hayvonlarni ushlashni
taqiqlash.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13