berdi Laylak qor Meni esimga tushdi ul
bevafo go'zal yor Xo'p ajoyib dam edi
qorli qirovli kunlar Masrur edim
baxtimdan shirin tush ko'rib tunlar Laylak
qor yoqqanida uni ilk bor ko'rgandim
Ko'rib uni qalbimda sexrli xis tuygandim
O'tirardi qarshimda shiringina jilmayib
Qor shu onda atayin yog'ar edi kuchayib
Men xech ko'z uzolmadim betakror
ko'zlaridan Maftun bo'lib qolgandim
samimiy so'zlaridan U juda Dilbar edi
kulib turardi yuzi Kulgichlarida yashirin
bor edi shirin nozi Ilk muhabbatim edi ul
bevafo go'zal yor Uchratkandim men uni
yoqqanida Laylak qor... Samimiy
suhbatidan zavq olardim bir jaxon
Uchratmagandim avval bundayin shirin
zabon Qo'l ushlashib yurardik bog'lar aro
ikkimiz Xayolimda bir umr buzilmasdi
sevgimiz Sirdoshim edi tanxo ul bevafo
go'zal yor Tanishkandim u bilan
yoqqanida Laylak qor... Ko'zimizga tikilib
tinmay suhbat qurardik Yoz oylari
qirg'oqdan chig'anoqlar terardik Axdu
paymon qilgandik ul bevafo yor bilan
Qasamxam ichgan edik oppoq nafis qor
bilan Tunlari uxlamasdan o'ylab
chiqardim uni U aslo sevmas ekan sezmas
ekanman buni Afsus meni tark etdi Ul
bevafo go'zal yor Sevgan edim men uni
yoqqanida Laylak qor... Ko'rdim boshqasi
bilan yurardi bavafo yor Samodan esa
tinmay yog'ar edi Laylak qor Xotiralarni
qo'zg'ab yana yog'di Laylak qor Yurib
borardim sekin kumush qish fasli edi
Osmondan biram go'zal Laylak qor yog'ar
edi Nogox nigohim tushdi ul bevafo
go'zalga Negadir xarakati o'xshardi
telbalarga Jinni bo'lib qolganmi deb
o'yladim men uni Surishtirib so'ng bildim
xaqiqatligin buni Aqldan ozgan edi ul
bevafo go'zal yor Shundaxam esa tinmay
yog'ar edi Laylak qor... So'ng biroz vaqtlar
o'tdi balki oylar, balki yil Bir fojiya
bo'lgandi aytolmaydi buni til Eshitdimu
yig'ladim kelmas edi ishongim Xar qancha
bo'lganda xam men uni sevar edim
Olamdan o'tgan edi ul bevafo go'zal yor
Doyimgidek samodan yog'ar edi Laylak
qor... Bevafo bo'lsada u yashab yursa
bo'lardi Xayotda baxtli yursa ko'nglim
nurga to'lardi Qalbim tig'langan edi
endichi nima bo'ldi O'n gulidan bir guli
ochilmaganim so'ldi So'nggi vaqtda
negadir ko'proq yolg'iz yurarkan Laylak
qor yoqqanida to'yib to'yib yig'larkan Yoz
oylarixam yolg'iz dengizlarga borarkan
Qirg'oqlardan erinmay chig'anoqlar
terarkan Avvalgidek shirinmas ekan uning
so'zlari Mayus tortib qolibdi xatto xumor
ko'zlari Oxir chiday olmasdan joniga qasd
qilibdi Tig'ni olib qo'liga tomirlarin tilibdi
Yiqilibdi shu onda ul bevafo go'zal yor
Qonga belanib qopti zamin uzra yoqqan
qor Bevafoyim go'zalim nega meni tark
etding Bechora oshig'ingni sen yolg'iz
tashlab ketding Juda qattiq sevardim
tashlab ketgan bo'lsangda Unutolmayman
seni gar marxuma bo'lsangda Huzuringga
borgandim ey bevafo go'zal yor Qabring
ustiga tinmay yog'ar edi Laylak qor...
O'ksib o'ksib yig'ladim bag'ring bosib
bag'rimga Bevafo bo'lsangda sen yetar
eding qadrimga Xotiralarni qo'zg'ab endi
yog'ma Laylak qor... O'rik qiyg'oz gulladi
kapalaklar kelishdi Gullar ifor taratib
bahorligin aytishdi Quvonch baxshida etar
ushbu fasl maftunkor Menchi g'arib
qabringga ko'z tikaman umidvor Qabring
ustida jonim lola bo'lib ochilsang Asta
asta uzilib men tomonga sochilsang Nega
qaldirg'och bo'lib in qurmaysan uyimga
Qanoting qoqib maxzun bo'y urmaysan
bo'yimga Xech bo'lmasa samodan ko'z
tikmaysan men tomon Tushlarimga xam
kirmay rangim aylading samon Ayni
damda xotira qiynamoqda dilimni Bog'da
sen uchun ekkan uzgim kelmas gulimni
Seni eslatib turar xatto ona tabiat
O'ylayman go'yo senga yaralgandek
muhabbat Kuz boshlanar to'stadan
qalbim sarg'ayib qolar Barg o'rniga
orzular bitta bitta to'kilar Xazondek rang
kasb etgan mening xasta yuragim Tezroq
yoninga borish mening yolg'iz istagim
So'ramayman kerakmas yonib turgan
yulduzlar Mayli muhimxam emas xatto
kecha kunduzlar Qaniydi porlab tursa
mangu yumuq ko'zlaring O'zim ko'rib
tursaydim xar bir bosgan izlaring Sen
bilan nafas olsam bu musaffo xavodan
Seni tortib olsaydim shavqatsiz bu
samodan Qor yog'adi maydalab
qabringustiga jonim Azob bo'lar bu tarzda
xar bir o'tkazgan onim Sovqattimi
jonginam nozikkina qo'llaring Naxot endi
ko'rmaysan qor to'shalgan yo'llaring Shu
qabr ichra erkam men yotsam
bo'lmasmidi Gar xayot bo'lsang ekkan
gullaring so'lmasmidi Xa bilmaysan
nozigim sen ekkan gullar so'lgan Sening
yo'qliging bilgach ular xam tamom
bo'lgan Sensiz go'zalim gulim tinmay
yig'lar bu yurak Bunday g'am chekib
yashash ayginchi kimga kerak Go'yo tirik
murdadir qiyofam xozir mening
Qanchalar ko'rgim kelar charos ko'zlaring
sening Yashayapman yuzimda sohta
tabassum bilan Qalb to'la zardobligin
faqat o'zim bilaman Qaniydi imkon bo'lsa
sen tomonga uchardim Ushlab olib
qo'lingdan keyin maxkam quchardim
Xechkimga bermas edim ushlab olsam
qo'lingdan Qo'yib yubormas edim o'shal
nozik belingdan Ammo qachon keladi
men kutgan o'sha laxza Xardam umid
qilaman bo'lar deb bir mo'jiza
Yodimdadir azizam biz yurib o'tgan yo'llar
Qirg'oqlarda chopib biz sayr etgan ko'llar
Xar doyimgidek yana o'rik qiyg'oz gullaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев