Tavhid Al-Asma was Sifat( Allohning Ism va Sifatlarida yagonaligi)- Alloh taolo Qur’oni karimda O’zini qanday sifatlagan bo’lsa, yoki Rasululloh (sallallahu ’alayhi va sallam) sahih hadislarda u Zotni qanday sifatlagan bo’lsalar, ushbu sifatlarga iymon keltirib, U Zotni o’zimizga o’xshatmasligimiz(tamsil) va bu sifatlarni inkor qilib(ta’til), ma’nolarini o’zgartirmasligimiz(tahrif) hamda Uning sifatlarini qanday deb so’ramasligimizdir(at-takyif) va sifatning so’zini qabul qilamiz ammo ma’nosiga e’tibor qilmaymiz deyishdan qaytishdir.(tafvid). Allohning sifatlariga misol: Alloh taoloning Uning Arshi ustidaligi(istivaa) va dunyo(eng pastgi) osmoniga tushishi(nuzul) va Uning Qo’li va Uning Kelishi (Maji’) borligi kabi Alloh taoloni barkamol zot ekanligini anglatadigan narsalar.
Biz Alloh Sifatlarini Salaflar aytganidek tushuntirib beramiz unga hech narsa qo’shmaymiz va hech narsani olib tashlamaymiz. Masalan, Istivaaning tushuntirilishi Taa’ibeen(Sahobalarning toliblari)dan Sahih Al-Buxoriyda quyidagicha rivoyat qilinadi: Allohning O’z buyukligiga xos ravishda ko’tarilishi va yuqorish bolishi.
Alloh Qur’onda aytadi:
”Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев