
Xo'rlangan yurak afsuslar chekar,Xo'rlangan yuragim baxtini topar. Qalbingiz chulg'aydi afsus nadomat, Siz ham qiynalarsiz kelganda navbat.Zulumkor shafqatsiz yuraklar albat, Kun kelib yolvorib so'raydi shafqat. Men uchun bir laxza vaqt topolmagan Bir og'iz shirin so'z baxsh etolmagan. Rost aytgan so'zimga ham ishonmagan, Azizam siz uchun baxt atalmagan. Ismingiz takrorlab
tongim otardi, Sevardim sevmasdiz og'ir botardi. Nigohim be'mano ma'yus boqardi,Xar kunim azobli shunday o'tardi. Siz bilan yashardim xayolan yolg'iz, Ko'zlarim yoshlardim xayot mazmunsiz Samimiy sevgi-yu sog'inchlar essiz, Iltimos qalbimni tark eting izsiz. Qarg'ishdan yiroqman baxtli bo'ling siz, O'zizni xech qachon xis qilmang yolg'iz. Uzoq manzillarga
ketarman sizsiz, Baxtli bo'lolsangiz bo'ling siz mensiz....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1