Ha, nima deyayotgandik, maktabimiz, sog'indik, menimcha inson yaxshimi, yomonmi, demay bolaligini sog'insa kerak, beg'ubor bolalikni. Chunki 5-maktabda meni ham yaxshi, ham yomon kunlarim o'tdi. O'qituvchilarni hammasiyam oltin emasdi:) mayli jonlari sog' bo'lsin, keyinchalik o'qib, o'zim ham o'qituvchi bo'lganimdan keyin ba'zi o'qituvchilarni bizga umuman ilm bermaganliklarini tushunib yetdim, guruch kurmaksiz bo'lmas albatta...
Cho'lga 1983-yili ko'chib borgandik, meni Andijondagi maktabimda "Alifbe bayramimga" oz qolgandi, yangi maktabda yangi oquvchi bolish osonmas, ayniqsa men osha paytlar kirishuvchan emasdim. Bola psixologiyasi bu aslida, o'rgangan joyidan begona joyga tezda organishi qiyin boladi. Eski maktabimda sinfkom edim, Alifbe bayramida qancha sherlarim, qoshiqlarim, boshimda harfim bor edi, yangisida esa hech narsa:( eslasam haligacha yig'lagim keladi. O'qish-yozish qanchalar muhim edi men uchun vaholanki...esimda, stolovoyni sahnasida bolgandi, men esa orqada, ho'mraygan qiz...o'zimni tasavvur qilaman, qanchalar tushkun kayfiyatda bolganimni...
Biz "G'allakordan" (Bu hozirgi Gallakordan ham uzoqdagi bir shiypon edi) markazga- Muqimiy ko'chaga kochganimizdan keyin maktabga ilk kun borib, uyimizni topa olmagandim:) yaxshiyam dadamni xolasini uyini bilarkanman, ularnikiga borganman:) uyga meni kimdir olib kelgan, eslay olmadim...dadamdan rosa qorqqandim:)
Keyinchalik 9-sinfda Gallakorga- ko'prikni narigi tarafiga kochib bordik:) men ham yo'l uzoq, deb maktabimni Gallakordagi maktabga oldirdim. Lekin taqdir ekan, u maktabdagi 10-sinflar yopilib, bizni sinf bilan birga 5-maktabga o'tkazishdi:) Men har kuni shuncha yo'ldan qatnardim, xatto sinfdoshim Rahmonov Bahtiyor- ko'prikni yonida edi uylari, "Zamira, senga bitta eshshak olib beraymi" deb kulgandi, unga nima deb javob berganim esimda yo'q, lekin rosa uyalgandim:) Eski maktabga qaytib kelganimdan so'ng Rus tili o'qituvchimiz Matluba Abdurahmanovna (shunaqamidi): "Buzoqni yugurgani somonxonagacha" degandi, yana uyalgandim, meni qo'limda emasdi-ku...
10 yil boshdan oyoq hech kim bilan oqimaganman nazarimdan, chunki bizda rosa kop ozgartirishlar qilishgan, bazilari 9-dan ketishgan, keyin men ketdim boshqa sinfga qoshildim. Lekin 1-sinfimdan bazilarni eslayman: Nurali Boyqulov, Shuhrat Ergashev, Gulbahor Shaymanova, Maqsuda Sattorova vhk.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2