Bir oila shahar markazidagi
ko'p qavatli uylarning
biriga ko'chib keldi.
Yangi xonadon bekasi
ertalab azonda uyg'onib,
tashqariga boqdi. Qarasa,
qo'shni ayol yuvilgan
kirlarini dorga yoyish bilan
band.
- Yo tavba, anavi ayolning
kirlari hecham
“ochilmabdi”, chala
yuvganmi, deyman, - dedi
kinoya ohangida.
Uning bu gaplarini
eshitgan eri lom-mim
demadi.
- Qo'shnimning sovuni
sifatli emasdir. Ehtimol, kir
yuvishni bilmas. Unga kir
yuvish qanaqa bo'lishini bir
o'rgatib qo'ysam bo'larkan.
Shu tariqa har safar haligi
qo'shni ayol dorga kir
yoyganda, shu suhbat
takrorlanaverdi, er esa
beparvo.
Ajib va munavvar
kunlardan birida ayol
deraza osha tashqariga
boqdi-yu, beixtiyor
qichqirib yubordi:
- Voy, mana qarang! Bugun
u kirlarini top-toza qilib
yuvibdi-ku. Birorta g'ubor
ko'rinmaydi-ya! Va nihoyat
qo'shnim kir yuvishni
o'rganib olibdi, qoyil!
- Yo'g'e, - deya sokinlik
bilan javob beribdi eri, -
men shunchaki barvaqtroq
turib, deraza oynasini
yuvib-tozalab qo'ydim,
xolos...
Hayotda ham xuddi
shunday! Hammasi
atrofimizdagi voqea-
hodisalarni ko'rsatib
turgan o'sha deraza
oynasiga bog'liq. Avvalo,
birovlarni tahqirlash yoki
ulardan biror ayb
topishdan oldin
o'zimizning ko'ngil
oynamizga boqaylik.
Dilimizni har qanday chang
va g'uborlardan tozalaylik.
Qachonki, qalb oynamiz
pokiza ekan, dunyo bizlar
uchun shunchalik hikmatli
ko'rinaveradi.
Zero, illat izlaganga illatdur
dunyo, hikmat izlaganga
hikmatdir dunyo.
Maqola haqida.uz saytidan olingan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3