Bir kuni boy kishi
farzandiga kambag‘allikda
yashash qanday bo‘lishini
ko‘rsatmoqchi bo‘libdi. Uni
chekka bir qishloqqa olib
borib, u yerda bir necha
muddat birga yashashibdi.
Keyin uyga qaytishgach,
ota o‘g‘lidan so‘rabdi:
–Xo‘sh o‘g‘lim,
kambag‘allikda yashash
nima ekanligini
tushunasanmi?
–Ha ota!
–Bizning sayohatimiz
senga nimadir o‘rgatdimi?
–Juda ko‘p narsa o‘rgatdi...
–Masalan nima o‘rganding?
–Men ulardek yaxshi va
boy insonlarni hali
uchratmaganimni
tushundim!
–Boy!? – ota hayron
bo‘libdi.
–Ha ota, boy. Qarang,
bizning uyimizda bitta it
yashaydi, ularnikida esa
to‘rtta. Bizning
dalahovlimizda basseyn
bor, ularda esa keng
dengiz. Bizda kichik bog‘,
ularda esa cheksiz o‘rmon.
Bizda tunni fonarlar
yoritadi, ularda esa
yulduzlar...
–Axir, bizning oilamizda
hamma narsa yetarli-ku! –
ota yana savol beribdi.
–Ko‘rinishidan shunday…
Bizga har doim nimadir
yetishmaydi, ular esa
boriga qanoat qilishadi. Biz
ular oldida
kambag‘alroqmiz...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1