yevropacha kiyingan bir
talaba qiz chiqdi. Sochlari
jingalak, kalta ko'ylak, tor
shim kiyib olgan. Mashinani
atir hidi tutib ketdi. U qiz
katta yoshdagi bir
namozxon kishining yoniga
o'tirib olgan. Hozirgi
qizlarimizning
behayoliklariga odamlar
ko'nikib ketdilar. Hech
kimdan bir og'iz nasihat
chiqmaydi.
Ammo, bu safargi
dindoshimiz bu qizga xayrli
nasihat qilib qo'yishni lozim
topdilar. Atrofdagilar
eshitmaydigan darajada
past ovozda so'radilar:
- qizim, qayerdansiz?
- falon shahardan...
- men o'sha shaharda 50
yildan ortiq vaqtdan beri
yashayman, shaharning
hamma kattalarini
taniyman. Agar kimning
qizisiz desam ota-onangizni
sha'niga yaxshi bo'lmaydi.
Undan ko'ra sizga boshqa
bir gap aytaman...
- xop
- ota-onangizni yaxshi
ko'rasizmi?
- albatta.
- ularni ism-familiyasi
do'zaxiylar ro'yxatiga
tushib qolishini
xohlaysizmi?
- yo'q, xohlamayman.
- hozir shu kiyinishingiz
sababli ular o'sha ro'yxatda
turibdilar, qizim...
Qiz ancha vaqt jim bo'lib
qoldi. Biroz o'ylanib turdida,
ko'zlariga yosh keldi.
Aytilgan gap ko'ngilning
tub-tubigacha yetib borgan
edi. Yig'layotganini
atrofdagilardan yashirish
uchun yana ozgina fursat
o'tdi. Keyin sekingina javob
berdi:
- tog'a, bugundan boshlab
bunaqa kiyimlarni
kiymayman...
Afsuski, oramizda bu qadar
nasihatgo'ylarimiz judayam
kam. Kap-katta chollar ham
tomosha qilib ketaveradilar.
Qizlarimizga esa mayin
ovozda ta'sirchan nasihatlar
kerak. Ular ham qo'g'irchoq
emas, haykal emas. Yo'lini
qilib tushuntirsa, ta'sir
etilsa, ularda ham qalb bor,
yurak bor. Kattalarimiz,
yoshi ulug'larimiz, ota-
onalar chiroyli pand-nasihat
qilsalar bo'lmaydimi?
Afsuski, ko'plarining o'zlari
nasihatga muhtoj bo'lsalar,
farzandlarga qanday
nasihat qilsinlar?!
Uyalmasdan "hozirgi
yoshlar odobsiz bo'lib
ketdi" deydilar. Odobsiz
bo'lib ketganlariga
o'zlarining ta'lim-tarbiyaga
bepisandliklari sabab
emasmi? Yo'q, farzand
tarbiyasiga vaqt qayoqda
deysiz. Axir pul topish
kerak, dang'illama uylar
qurish kerak, mashina olish
kerak. Ularga shu kerak...
Mol-dunyo, obro'-e'tibor
bo'lsa bas. Yana chiroyli
bahonalari ham bor: "Men
mana shu norasida
jigarbandlarim uchun
ishlayapman. Ularning
saodati uchun harakat
qilyapman. Hech kimdan
kam bo'lmasin deyman.
O'zim bir kosa ovqatga
to'yaman. Hammasi shu
farzandlarim uchun!"
Ofarin! Naqadar fidokorona
gaplar! Lekin, marhamat
qilib shuni bilib qo'ysinlarki,
farzandlaringiz saodati
mol-mulkda emas! Ota-ona
farzandiga yaxshi
tarbiyadan ko'ra kattaroq
narsa berolmasligi hadisda
zikr qilingan!
Gapimiz faqatgina qizlar
haqida bo'lib qolmasin
degan maqsadda umumiy
gaplarni ham aytib o'tishni
lozim topdik.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
мусулмон одатларимизга хос эмас.!!!