(qissa). Tohir Malik
...Nafsning kelajagi —
zulmdir, zulmning kelajagi
esa — xorlikdir. Biz ana shu
oddiy haqiqatni bayon
qilmoqchimiz. Badan
pokligi badanga, ruh pokligi
ruhga
hayot bag‘ishlar...
Bismillahir Rohmanir
Rohiym
«...Ana o‘shalar hidoyatga
zalolatni sotib olgandirlar.
Va tijoratlari foyda
keltirmadi hamda hidoyat
topganlardan bo‘lmadilar.
Ular misoli bir o‘t
(mash’ala) yoquvchiga
o‘xshaydilar. Olov endi
atrofini yoritganida Olloh
yorug‘likni ketkazib, ularni
hech narsani ko‘rmaydigan
holda zulmatlarda
qoldiradi. Ular kar, soqov va
ko‘rdirlar. Bas, ular
hidoyatga qaytmaslar...»
(Baqara surasi, 16—18-
oyatlar)
MUALLIFDAN
Butun olamlar Parvardigori
Ollohga behad hamd bo‘lsin
va payg‘ambarlarning
oxirgisi
— sayyidimiz Muhammad
alayhissalomga salovot va
salomlar bo‘lsin.
Albatta, hamd Ollohga
xosdir. Biz unga hamd
aytamiz, Undan yordam
so‘raymiz. Va
Ollohdan nafsimizning
yomonliklaridan panoh
berishini so‘rab iltijo
qilurmiz. Kimni Olloh
hidoyat qilsa, uni
adashtiruvchi yo‘q. Kimni
Olloh adashtirsa, uni
hidoyat qilguvchi
yo‘qdur.
Eng ulug‘ so‘zlaru eng
bilimli suhbatlar ham
shubhasiz, Tangri taologa
shukrimizni
keragicha ifoda eta
olmaydi.
Yaratgan Robbimizga
shukrlar bo‘lsinkim, siz —
aziz nafis adabiyot
muhiblari bilan
yana dillashish nasib
etyapti. Bu safar ham
adashgan bandalar
hayotidan ayanchli
lavhani bayon etishni niyat
qildim. Chunki bu sinovli
dunyoda adashgan
bandalar ko‘p.
Ulug‘ va qudratli Robbimiz
marhamat qilib derki:
«Odamlarga ayollardan,
bolalardan,
to‘p-to‘p tillo va
kumushdan, go‘zal
otlardan, chorvadan, ekin-
tikindan iborat
shahvatlarning muhabbati
ziynatlandi. Ular dunyo
hayotining matohidir.
Ollohning
huzurida esa husnli qaytar
joy bor». (Oli Imron surasi,
14-oyat).
Tafsirchi ulamolarning
fikricha, «shahvat» so‘zi
urfda jinsga oid ma’noda
ishlatilsa-da,
aslida o‘zagi «ishtaha»
so‘zidan olingan bo‘lib,
ko‘ngil tusashi, xohlashini
bildirar ekan.
Shunga ko‘ra, oyati
karimada insonning
ayollarga, farzandlarga,
boylikka ishtahasi
mavjudligi, ya’ni shu
narsalarga muhabbati
chiroyli tarzda
ziynatlangani ta’kid
etilmoqda. «Demak, bu
muhabbat insonning asl
tabiatida bor ekan. Bunday
holatning
bo‘lishi tabiiy bir hol ekan.
Modomiki, ushbu rag‘batlar
inson tabiatida bor ekan,
Ollohning o‘zi insonni
shunday yaratgan ekan, bu
narsalar inson hayotini
muhofaza
qilishda, uning go‘zal va
zavqli kechishida xizmat
qilmog‘i lozim. Shuning
uchun Islom dini mazkur
narsalarni harom qilgan
emas, balki muboh qilgan.
Bu narsalarni man
qilishni emas, tartibga
solishni yo‘lga qo‘ygan.
Islom kishilarni tarbiya
qilib, shahvat
daryosida halok
bo‘lmaslikka chaqiradi.
Inson mazkur
shahvatlarning quli bo‘lib
qolmasligi kerak. Balki
ularning hojasi bo‘lib, o‘z
tasarrufiga olishi darkor.»1
Oyati
karima «Ollohning huzurida
esa husnli qaytar joy bor»,
deb yakunlanadi. Bu joy —
jannati naimdir!
Moziyda o‘tgan valilardan
biri «Dunyo — o‘tkinchi
mehmonxonadir.
Dunyodagi eng
ulug‘ boylik — dunyoga
berilmaslikdir. Dunyoni
afzal bilgan kishi zillatga,
xorlikka
hukm etilib, halok bo‘lur»,
degan ekan. Yana roviylar
derlarki: dunyo yasatilgan
kelinchakka o‘xshaydir.
Ko‘zlar unga termulgan,
qalblar unga mushtoq,
nafslar esa unga
oshiqdur. U makkor esa,
barcha oshiqlarni shafqatsiz
holda birma-bir halok
qiladir.
Hayotdagi tiriklar
o‘lganlardan, keyingilar
oldingilardan ibrat
olmaslar...
Hisob-kitob qilinmasdan
burun nafsini tiygan kishi
yutadi. Nafsi bilan g‘aflatda
qolgan esa, zararga
uchraydi.
G‘aflatda qolib nadomat
chekkanlar qancha?
Qabriston bizga sukunat
olami bo‘lib ko‘rinadi. Aslida
ohu faryodlar o‘lkasidir! Biz
bu
faryodlarni eshitmaymiz,
bilmaymiz. Shu bois biz
mayyitlarning
kechmishidan ibrat
olmaymiz. Agar tinglay
olganimizda edi...
«Murdalar gapirmaydilar»,
deymiz. Bizga shunday
tuyular? Balki ular
gapirarlar, biz
eshitmasmiz? Eshitsakmi
edi...
MUQADDIMA
Nafisani qarg‘adilar:
— O‘ynashi bilan yotgan
ekan, sharmanda!
...sharmanda... sharmanda...
— So‘yib o‘ldiribdi.
Xudoning o‘zi jazolabdi!
...o‘zi jazolabdi... jazolabdi...
Nafisaga achindilar:
— Tirnoqqa zor o‘tdi,
bechora...
...bechora... bechora...
Sanjarni la’natladilar:
— Suyuqoyoqqa ilakishib
yurgan ekan, yigit o‘lgur!
...yigit o‘lgur... yigit o‘lgur...
— To‘rt bolasi ko‘ziga
ko‘rinmabdi-da,
haromxo‘rga!
... haromxo‘rga...
haromxo‘rga...
Sanjarga achindilar:
— Qo‘y og‘zidan cho‘p
olmagan bola edi, bechora!
...bechora... bechora...
— O‘zi pokiza edi, shayton
yo‘ldan urgan!
...pokiza edi... shayton
yo‘ldan urmagan...
urmagan...
Ikki murda o‘likxonada
tekshiruvchilarning o‘tkir
tig‘ini kutib yotibdi.
Hademay o‘tkir
tig‘ ularning qorni, ko‘kragi,
boshini yoradi. O‘lik
hujayralarda yashiringan
haqiqatni
o‘qimoqchi bo‘lganday
titkilashadi. So‘ng, yorilgan
yerlarini tikib, murdalarni
egalariga
beradilar.
Nima uchun o‘lim
topganlaridan bexabar
qolgan ikki odam esa,
qiyomatni kutib
yotmog‘i uchun qorong‘u
lahadga qo‘yiladi.
So‘ng pichir-pichirlar:
«Xotinlarga aralashadigan
odati yo‘q edi-ku?..»
«G‘arko‘z edi bu juvon...»
«Kim o‘ldirgan ekan?»
«Eri avval ham bir-ikki
ushlab, kechirgan ekan.
Lalaygan bir erkak-da! Bu
safar
chidolmabdi, boyaqish...»
Birinchi bayon: yashash
huquqi
ARRALANGAN DARAXT
O‘zini osmon tirgovichi, deb
faraz qiluvchi kekkaygan
daraxt jazosini arra berdi: u
o‘zidan oldingi og‘ochlar
qismatiga yetdi — jon
tomiri uzilib, yerga uzala
tushdi.
Tursunali bu manzarani
dastlab ko‘rganida o‘zining
kechmishini shu daraxt
qismatiga
o‘xshatgan edi. Uning qaddi
ham shu og‘och kabi adl
edi. U makon topgan
daraxtzor,
nazarida dahlsiz edi. Bu
daraxtzorda istaganicha
quyoshdan nur emishi,
huzurlanib
chayqalishi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев